Qasidada Sulton Husayn Boyqaro tarixiy shaxslikdan badiiy asar
qahramoni darajasiga ko'tarilib, juda zo'r ehtiros bilan madh qilinadi.
Shoh saodat yulduzi yanglig‘ porloqdir. Uning ulug'vorligi nazdida
quyosh bir zarra bo'lib ko‘rinadi. Shu tariqa ulug4 shoir hukmdomi
samoviy jismlar timsollaridan foydalangan holda uning o'ta mubolag'aviy
badiiy tasvirini chizishga erishadi. Alisher Navoiy «Hiloliya»da o‘zi orzu
qilgan shoh timsolini Husayn Boyqaro qiyofasida ko'rsatistiga harakat
qiladi. Shoir nazarida mazkur hukmdor shohlar darveshi-yu datveshlar
shohidir. U suratini shoh, siyratini darvesh maqomida tutganligi uchun
ham yuksak ehtiromga loyiq zotdir. Shunday tantanavorlik, ko'tarinki
Do'stlaringiz bilan baham: |