Lug'z va chiston so'zlari she’ming mazmuniga nisbatan qo'llangan
adabiy istilohdir. Ulug' shoir chistonlarining barchasi qit’a shaklida ijod
etilganligi fikrimizni quwatlantiradi. Alisher Navoiyning lug'z ijod
etishdagi mahorati hamda ushbu janming o'ziga xos xususiyatlari bilan
tanishish maqsadida shoiming «miqroz» («qaychi») nomi yashiringan
chistonini tahlil jarayoniga tortamiz:
Ne qushlar erkin alarkim, birardurur qanoti,
Qanotining uchida har birisiga minqor.
Biror ayog‘Iari ham bor-u turfaroq bukim,
Ayog' uchida biror ko'z ham ettilar izhor.
Qachon ayog‘larin almashtururlar, ul soat
Qanot urarg'a bo'lurlar tuyurdek tayyor.
Qanot ko'p urmoq ila qari ucbarlari yo'q,
Do'stlaringiz bilan baham: |