aniqrog'i, hilolga qaratish niyatida bitilganligini ilg'ash mumkin:
Chun nihon qildi turunji mehr rahshon taPatin,
Oshkor yetti falak bir taqvi g'abg'ab hay’atin (5. 477).
Ulug' shoir qasidasining matlasidanoq tantanavor kayfiyatni aks
ettirish niyatida samoviy jismlaming timsollarini insonlarday harakat
jarayonida ko'rsatadi hamda istiora san’atiga tayanib, hilolni yangi nom
bilan ataydi. Misralarda ifodalangan ma’no falakda juda kamdan-kam
kuzatiladigan ulug'vor bir holat vujudga kelganidan darak beradi. Quyosh
olmasi (quyosh olmaga qiyoslanadi) o'zining porloq yuzini yashirishi
bilan falak o'zining baqbaqaga o'xshash jismini namoyon qiladi. Bundagi
baqbaqaga monand holat hilolning samoda yog'du sochib turgan paytida
Do'stlaringiz bilan baham: |