qit’alarining barchasini bir mamlakatga o'xshatar ekan, qit’a so‘zining
lug‘aviy ma’nosidan kelib chiqib, ulami shu mamlakatdagi bo'lak-
bo'lak bog‘larga qiyoslaydi. Bu bog'lar hikmat suvi bilan sug‘orilganligi
bois insonlaming osoyishta umr kechirishlari uchun xizmat qiladi.
Baytlarda keltirilgan «hikmat» so'zi alohida e’tiboiga molikdir. U «bilim»,
«donolik», «falsafa», «sir», «ilohiy ilm», «mohiyat» singari ma’nolami
anglatadi. Bulardan tashqari, Qur’oni karim-Allohning hikmati, ilmi
va sirlarining bayoni tarzida ham talqin qilinadi. Ayni paytda bu so‘z
Alisher Navoiy qit’alari xalqimiz milliy qadriyatlarining ajralmas bo'lagi
sanalgan islom dinining umumbashariy g‘oyalari bilan sug'orilganiga
Do'stlaringiz bilan baham: |