ortadi. Chunki «Arbain hadis»ning o'zida Janobi rasuli akramning axloqqa
doir qirq hadisi qirq qit’a shaklida o'zbek tiliga o'girilgan va keng
kitobxonlar ommasiga taqdim etilgan.
«Xazoyin ul-maoniy» tarkibida kelgan qit’alar ulug' shoiming
muayyan vaziyatdagi kayfiyatini, juda chuqur falsafiy, ijtimoiy-siyosiy,
axloqiy-ta’limiy, ilohiy-irfoniy qarashlarini badiiy ifoda etganidan kelib
chiqib aytish mumkinki, ular daqiqnazar ijodkoming hayotga yanada
teran nigoh bilan qarashi mahsuli sifatida vujudga kelgan. Awalo, yig'ma
devonlarga kiritilgan har bir qit’adan oldin nasriy sarlavhalaming
berilishi o'sha qit’alar mazmunining mukammalligini ta’min etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |