badiiy yaratmalarisiz, nafaqat, turkiy, balki boshqa qardosh xalqlar
adabiyoti ravnaqini tasawur etish qiyin. Zero, ulug‘ shoir she’riy merosida
o'ziga qadar yaratilgan Sharq mumtoz adabiyoti an’analarini davom
ettiribgina qolmay, yangi badiiy timsollarga murojaat etish orqali
mutafakkirona qarashlarini ifodalash bilan ulaming mavzular ko‘lamini
boyitdi, inson ruhiyatining murakkab qirralarini san’atkorona tasvirlashga
erishdi. Bu, albatta, o‘z navbatida shoiming she’riy merosi o‘zbek va
boshqa xalqlar qalamkashlari uchun ijod maktabi, ilhom manbai vazifasini
o‘tadi, deyishimizga asos bo‘ladi. Alisher Navoiy ayni choqda zullisonayn
shoir sifatida fors-tojik adabiyoti ravnaqiga ham sezilarli hissa qo‘shdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |