singari juda ko‘p mifologik afsonalar yaratildi. Ular ma’lum ma’noda,
qahramonlik eposlarining vujudga kelishiga zamin hozirladi. Mifologik
afsonalar yozma adabiyotda qayta ishlanib, yangicha mohiyat va mazmun
kasb etib, insoniyat avlodiga yuksak zavq, Vatanga, Ona-zaminga
muhabbat va qahramonlik tuyg‘ularini shakllantirib yashashda davom qildi.
2.2.2. Qo‘shiqlar va lirik she’rla r
Turon xalqlarining qadimgi qo‘shiq va lirik she’rlaridan namunalar
“Avesto”, “Devonu lug‘otit turk” singari yozma manbalar bag‘rida
bizgacha yetib kelgan. Ayniqsa, «Devonu lug'otit turk»da qadimgi turkiy
xalq va qabilalaiga oid badiiyat namunalari o‘z ifodasini topganligi muhim
ahamiyat kasb etadi. Asar muallifi mashhur tilshunos olim Mahmud
Do'stlaringiz bilan baham: |