boshlaydi. Gavharshodbegim homiyligi ostida Alouddavla, Ulug'bek
Mirzo, Abulqosim Bobur Mirzo, Abdullatif Mirzo va Abusaid Mirzolar
Hirot taxti uchun kurashga kirishib ketadilar. Xurosonda notinch vaziyat
vujudga keladi. Mamlakat aholisi osoyishta boshpana izlash ilinjida qo'shni
o'lkalarga chiqib keta boshlaydi. Iraq safarini ixtiyor etgan karvon orasida
G'iyosiddin Kichkina oilasi ham bor edi. Alisher Navoiy «Majolis un-
nafois» tazkirasida Iroqqa borayotganlarida, yarim tunda, Taftda tasodifan
mashhur tarixchi olim , «Zafamoma» asarining muallifi Sharofiddin
Ali Yazdiy xonaqosi eshigi oldida maskan tutganliklari va tongda bu
ulug' zot bilan suhbatlashish hamda u kishining duolariga musharraf
Do'stlaringiz bilan baham: |