hali hayot bo'lishiga qaramay, 1444 yildanoq toj-taxt kurashlari zimdan
boshlanib ketadi. Davlatning rasman idora jilovini o'z qo'liga olgan
Shohruh Mirzoning xotini Gavharshodbegim vujudga kelgan siyosiy
o'yinlarga faol aralashib, masalani o'zicha hal qilmoqchi bo'ladi. Balxdan
katta umidlar bilan Hirotga kelgan Muhammad Jo'gi
Gavharshodbegimning o'z sevikli nabirasi Alouddavlani taxt vorisi deb
e ’lon qilib, saroy mulozimlaridan ba’zilarining roziligini olib
qo'yganidan xabar topadi. (Sulton I. Navoiyning qalb daftari. Toshkent,
1969, 59-bet.) Shunday qilib, Shohruh Mirzo vafot etishi bilan
mamlakatda o'zboshimchalik, boshboshdoqchilik hukmronlik qila
Do'stlaringiz bilan baham: |