minib oladi va shu holda dunyoni aylana boshlaydi. Nihoyat, Axriman
bir hiyla bilan Kayumarsni elkasidan uloqtirib tashlaydi va uning ustiga
minib olib, (Kayumarsni) eyajagini aytadi. Seni qaysi tomoningdan
boshlab eyayin, - deya so'raydi Axriman. Oyoq tomonimdan, deb javob
beradi Kayumars va ilova qiladi: tokim bosh qismimga yetguningcha dunyo
go'zalligidan uzoqroq bahra olib turayin. Ammo Kayumars Axrimanning
o ‘zi aytgan gapning teskarisini qilishini bilar edi. Axriman Kayumarsni
bosh tomonidan eya boshlaydi. Uning beliga yetganda, Kayumarsning
urug‘donidan ikki dona urug‘ yerga tushadi va ulardan o'simlik unib chiqadi.
0 ‘sha o'simliklardan esa bir o ‘g‘il va bir qiz (Meshi va Meshona) paydo
Do'stlaringiz bilan baham: |