komillikka yetaklovchi xususiyatlar, uning ruhini nopokliklardan xalos
etish kabi muhim masalalar xususida o'zining umiboqiy fikrlarini bayon
etadi. Shubhasiz, shoir bunda Qur’oni karim, Hadisi sharif va tasawuf
ta’limotiga tayanadi. Shoir ilm -m a’rifat orqali kishiga saodat yo‘li
ochilishini ta’kidlagani holda, ilm li, ma’rifatli bo‘lish yuksak insoniy
fazilatlardan ekanligini o‘ziga xos timsol, tashbehlardan foydalanib
badiiylashtiradi. Bunda shoiming tazod san’atidan ham mahorat bilan
foydalanganligi ko'zga tashlanadi. Adib bilimli kishini qimmatbaho
dinorga muqoyasa etarkan, johil kishini qimmatsiz yemishga o‘xshatadi.
Ayniqsa, shoiming ilm olishning inson hayoti uchun muhim ahamiyat
kasb etishi to‘g‘risidagi quyidagi obrazli fikrlari nihoyatda qadrlidin
Do'stlaringiz bilan baham: |