tadbirkor, donishmand kishilar bo'lishi kerakligini ta’kidlab, vazirdan
tortib oshpazga qadar saroy ahllarining har birini alohida-alohida
ta’riflaydi, ulaming vazifa va burchlarini sanaydi. Jumladan, doston muallifi
vazir va lashkarboshini davlatni, elni boshqarishning ikki jilovi deb biladi.
Shuningdek, boshqa ijtimoiy tabaqa vakillariga ham hurmat va ehtirom
bilan o‘z munosabatini asarda ifoda etadi.
Yusuf Xos Hojib xayrli ishlar elchilar tufayli sodir bo‘lishini,
barcha insonlarga ham, jonivorlarga ham rizq-ro‘z ulashuvchi dehqonlar
ekanligini, hunarmandlar esa eng kerakli kishilar hisoblanishini
«Qutadg'u bilig»da badiiy ifodalaydi.
0 ‘z davrining ilm-fani yutuqlarini g'oyatda chuqur mulohaza-yu
Do'stlaringiz bilan baham: |