Biri - xalqqa odil siyosat yurit,
Hal et biiga bir zulmini ezgu tut.
Uchinchi emin tut jami yo‘llarin,
Qaroqchi va rahzanni qo‘yma barin.
O'talgan bo‘ladi raiyat haqi,
Va so‘ng sen haqing so‘r , ey elchi sahi.
Raiyatda bordir sening uch haqing,
Talab qil ulardin, sen och qulog‘ing.
Biri - yorlig'ingni aziz tutsalar,
Nima bo‘lsa, darhol uni qilsalar.
Ikkinchi - xazina haqin tiymasa,
Kezi kelgach alon uni to‘lasa.
Uchinchi - yovingning yovi bo‘lsalar,
Sevaring kim ersa, uni sevsalar.
Haqing shu yo‘sinda o‘talgan bo‘lur,
Ular ham shu tarzda haqini o'tar,
Yarashiq beg uchun erur ushbu yo‘l,
Raiyat uchun ham munosib shu yo‘l.
Do'stlaringiz bilan baham: |