bilan turkiy tilda so‘zlashuvchi xalqlaming nufuzi yanada oshdi. XII
asiga kelib Yettisuv, Farg‘ona, Xorazm, Toshkent, 0 ‘zgand, Sayram,
Qashqar, Buxoro kabi shaharlarda ham turkiy xalqlar soni ancha
ko‘paydi. Mahmud Qoshg‘ariyning ma’lumot berishicha, turli turkiy
xalqlaming chatishuvi va aralashuvi natijasida, o‘g‘iz, chigil, qipchoq
lahjalari guruhidagi tillar singari umumiy so'zlashuv vositasi vujudga
kela boshladi. Bunday mo'tadil vaziyat umumiy, mushtarak adabiy tilning
shakllanish jarayonini tezlashtirdi. Mazkur hodisaning ro‘y berishida
qabilalar o'rtasida vujudga kelgan siyosiy-tarixiy, adabiy-ma’naviy va
ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar, badiiy adabiyot, jumladan yozma adabiyot
Do'stlaringiz bilan baham: |