soliqni ko'paytirib, qo'shinni m ustahkam lash kerak, deydilar.
Donishmand Abuzarjumhur esa, bu xato yo'ldir, bu yo'l el-yurtni
ham, davlatni ham xonavayronlikka olib boradi, deydi. Uning taklif!
bilan beklar bir joyga, uning o'zi boshqa bir joyga ovga chiqadilar va
shikorlarini (ovdan olingan o'ljalarini) podshoga keltirib beradilar.
Beklar birinchi kuni ko'p ov ovlaydilar, biroq ikkinchi kuni o'ljasiz
qaytadilar. Chunki birinchi kundagi dahshatli ov hayvonlar va qushlami
to'zg'itib, qo'rqitib qo'ygan ediki, tum -taraqay qochib, g'oyib
bo'lishadi. Donishmand esa oz bo'lsa ham, har kuni ma’lum o'lja bilan
qaytadi. Podsho uning oliq-soliqni ko'paytirishga qarshi e’tirozi to'g'ri
ekanini e’tirof qilib adolat bilan ish ko'radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |