To'plamning 8 -15 - boblarida da’vo qilmoq, ont ichmoq, o'g'rilik, zino
haddi, quzb haddi, ta’zir haddi, g'azot haddi, sayd qilmoqning bayoni
kabi xilma-xil masalalar haqida adibning mulohazalari keltiriladi.
«M iftoh u l-ad l» va «Gulzor»dagi ko'plab hikoyalarning bosh
qahramonlari hukmdorlardir. Xoja o'z davrining yirik jamoat arbobi,
peshqadam din peshvosi sifatida diniy qadriyatlardan nur olgan, Qur’oni
karim hamda hadisi sharif g'oyalari badiiy ifoda etilgan kichik nasriy
durdonalari bilan zamon hukmdori, shayboniy shahzodalarga pand-
nasihat qilishni nazarda tutadi. Shu bois uning hikoyalarida podshoh,
vazir va beklar timsoliga tez-tez murojaat qilinadi. Ayniqsa, adib Iskandar
va No'shiravonning ibratli siymosini adolat timsoli darajasiga ko'tarishga
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |