ana shunday murakkab, g'oyat ziddiyatli bir olam bilan yuzlashtirib
qo'yadi. Tunlardan birida Farrux tush ko'radi. U olamon oqimida suzib
yuribdi. Katta tuya, uning ustida to'rt tomondan qora parda bilan o'ralgan
taxtiravon. Osmon gumbazini eslatuvchi taxtiravon to'rt tarafga mushk-
u anbaming muattar hidlarini anqitib o'tmoqda. Bexosdan ko'tarilgan
shamol tufayli qora parda ko'tarilib, quyoshday shu’la sochuvchi
sohibjam olningqiyofasi ko'rindi. A yni manzara Farruxning sabr-u
qarorini oldi. N oz uyqu quchog'idagi quloqlariga «Bu yer Quddusdur»-
so'zlari kiradi. Uyg'onib ketgan Farrux ruhiyatidagi inqUobiy o'zgarishlar
ana shu nuqtadan boshlanadi. Ulug' shoir o'z suyukli qahramonini
saroy doirasidan, toj-u taxt tashvishlaridan «yulib olib» katta va oddiy
Do'stlaringiz bilan baham: |