ana shu vazifani ado etadi. Farruxning ikkinchi tushida u borishi lozim
bo'lgan m akon ta’kidlanadi: «M uroding taxtiravonda ko'rganing
sohibjamol bo'lsa, bu yerlarda yurma, Halabga bor»,-degan ovoz uning
quloqlari ostida aks-sado beradi. Halab — katta, serodam shahar. Biroq
unda ichim lik suvi tanqis. Ehtimol, jug'rofiy jihatdan shundaydir. Ammo
Alisher Navoiy uchun Farruxni o'z qurshoviga olgan odamlardan xalos
qilish shart. Shuning uchun ulug' shoir kitobxonni ikkilantirmaydigan
chora izlaydi. Vaziyatni hisobga olgan Farrux kunning tun pardasi ortiga
o'tishini kutadi. Hamma uyquga ketgach, qog'oz-qalam olib, sheriklariga
maktub yozadi. U endi boshiga ishq savdosi tushganligini ham
yashirmaydi. Hamrohlik qilganlari uchun ularga minnatdorchilik bildirib
Do'stlaringiz bilan baham: |