farqli o‘laroq ishq-m uhabbat nuqtai nazaridan Dilorom ga befarq
bo'lolmaydi. Undagi «moyai dard», shohni savdoyilikka duchor etuvchi
sevgi maishatparast va xudbin hukmdomi chinakam oshiq maqomiga
ko‘taradi. «Hafl paykar» va «Hasht behisht» dostonida tasvirlangan nodon
Bahrom vasfiga ortiqcha berilgan ijodkorlar Alisher Navoiyning yana bir
e’tiroziga sabab bo‘ladi:
Kim munungdek iki vahidi zamon,
H a r bir o'z vaqtida faridi zamon.
Buyla nodon uchun yozib avsof,
Anga qilg‘aylar o'zlarin vassof.
Madhini behisob yozg‘aylar,
Balki mavzun kitob yozg‘aylar.
H a r bir ul nazmida ko‘rub ko'p ranj,
Q ilg'ay o'z «Panj ganj»idin bir ganj.
Olloh, Olloh, ne ganj bo'lg'ay bu!
Do'stlaringiz bilan baham: |