Shunday q ilib , shoh Bahrom firoqida o‘rtanayotgan sevgilisi
Dilorom ning taqdiri bilan bog'liq ma’lumotlarni Xorazm lik sayyoh
hikoyasidan bilib oladi. Ulug‘ shoir bunday yo‘1 tutish bilan qoliplovchi
hikoyat va ichki hikoyatlar orasidagi yaxlitlikni ta’minlagan bo'ladi.
Natijada Bahrom va Diloromning ishqiy sarguzashtlari bilan ijodkoming
o‘quvchiga taqdim etmoqchi bo'lgan tayanch g'oyaviy niyatlarini o‘zida
mujassamlashtirgan у yetti hikoyat o ‘zaro butunlik hosil qiladi.
Xamsanavislikda dong taratgan Nizom iy Ganjaviy va Am ir Xusrav
Dehlaviy dostonlarida esa asaming qoliplovchi qismi bilan hikoyatlar
o'rtasidagi bog'liqlik mavjud bo‘lmay, ular mustaqil voqealar tizimidan
tashkil topgan alohida asarlarga o'xshab qolgandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |