ko'rsatsang, gunohingdan kechib, So‘g‘diyada istagan qishloqlardan
birini senga in’om qilardik», - deya va’dalar bera boshlaydi. Yozuvchi
tasviridagi Shiroq juda farosatli, dono kishi edi. U Ranosbat hiylasini
juda yaxshi idrok etadi. Unga javoban Shiroq: «0‘z elimning dushmanlariga
yordam uchun uzatiladigan qo‘limni kesib tashlaganim ma’qul» (34-
bet)-deydi. G‘azablangan dushman sarkardalari cho‘ponni chopib,
qiyma-qiyma qilib tashlaydilar.
Mirkarim Osim qalamiga mansub mazkur hikoyada xalq qahramoni
Shiroqning xalqona-tarixiy qiyofasi o‘z badiiy ifodasini topgan. Unda
yozuvchi taxayyuloti asosida bosh qahramon jasoratining yangi-yangi
qirralari kashf etiladi. Turon zaminida yashagan qadimgi qabilalaming
Do'stlaringiz bilan baham: |