ma’shuqani ishrat manbaiga aylantirishi noravo. Ishq — dard-u balolar
olovida toblanib, poklanishi mumkin. Ishq — mehnat, bunyodkorlik,
fidoyilik, jasorat bilan nurli. Ana shular Xusravda yo'q. Shuning uchun
ustozlar qalamida sayqallangan Xusrav Alisher Navoiy tabiatiga mos
kelmaydi. Shuning uchun ulug' Navoiy barcha ibratli fazilatlarga ko'ra
Xusravning ziddi bo'lgan Farhod timsolini yaratish ishtiyoqi bilan
qalam surdi. XV asrning ikkinchi yarmi Xurosonda murshidi komili
hazrat Jomiy bo'lgan naqshbandiya tariqatiga sidqan ixlos qilish bilan
qanoatlanmaydi, inson manfaati va poklikdan o'zga iddaosi bo'lmagan
o'sha o'lmas g'oyalami badiiy ijod olamida keng targ'ib qilgan Alisher
Do'stlaringiz bilan baham: |