chizgilariga duch kelamiz. Awalo, aytish joiz, Alisher Navoiy nuqtai
nazaridan podsholar ikkiga: shohi g'oziy (odil), shohi zolimga
taqsimlanadi. Bunday tasnif shoiming qit’a-yu g'azallarida ham uchraydi.
Ammo podshoga nisbatan fikrini yorqin ko‘rsata olish uchun «vase’»-
keng maydon deya ta’riflangan masnaviyning imkoniyatlari ancha qo'l
keladi. Doston muallifi shoh qiyofasi manzaralarini chizishga jazm etar
ekan, «Hayrat ul-abror»ning uchinchi maqolatida uning qismatida
kuzatilishi muqarrrar bo'lgan bir-biriga zid har ikkala nuqtani yonma-
yon tasvirlashni ma’qul ko'radi.
Hotami adlingg‘a sipehri baland,
«Rosti-yu rusti» bilan naqshband (7, 122).
Do'stlaringiz bilan baham: |