Navoiyning ham qutlug‘ nomi «Panj ganj»ga to‘la javobiya yozgan shoirlar
qatoridan munosib o‘rin oldi. «Agar bir qavm, gar yuz, yo‘qsa mingdur,
muayyan turk ulusi xud meningdur»,-deya iftixor bilan e’tirof etgan ulug‘
shoir «Xamsa»si turkiy qavmlar ma’naviy ehtiyojini qondiigan yagona
shoh asar bo‘lganligi bilan boshqa xamsalardan tubdan farq qiladi. Turkiy
tilda xamsa yozish Alisher Navoiy ko‘nglida tugilgan orzulardan biri ekanligi
«Hayrat ul-abror»dagi quyidagi baytlarda o‘z ifodasini topgan:
Kim bu yo‘1 ichraki alar soldi gom,
Bir necha gom o'lsa manga ham xirom.
Forsi o‘ldi chu alarga ado,
Turki ila qilsam ani ibtido.
Forsi el topti chu xursandliq,
Turk dog‘i topsa barumandliq (7, 55).
Do'stlaringiz bilan baham: |