Yozuvchi kitobxonni massagetlar turmush tarzi bilan tanishtirish,
uzoq o‘tmishda yashagan qabilaning e’tiqodiy qarashlari haqida ma’lumot
berish maqsadida to‘y, kurash, elchilarni qabul qilish, tabiat injiqliklari,
jumladan, qum bo‘roni, jang tafsilotlari singari lavhalaming badiiy
tasvirini mahorat bilan chizgan. To‘maris momo davri ayollariga xos
noyob fazilatlar esa shak qabilasiga mansub Zarina obrazi vositasida
tasvirlanadi. Yozuvchi bu obrazni tanlashda, nazarimizda, Zarina va
Striangiya eposiga tayangan ko‘rinadi. Mazkur rivoyat haqida quyida
alohida to‘xtalamiz.
To‘maris Siparangizni shak qabilasidan bo‘lgan suluv Zarinaga
uylantirish taraddudi bilan mashg‘ul bo‘lib, kelinni boshlab keluvchi quda-
Do'stlaringiz bilan baham: |