«To'maris» fojeaviy voqealari markazida farzandi o‘limidan
g'azablangan ona siymosi tursa-da, rivoyatda ijtimoiy ruh ham balanddir.
Unda qabiladoshlarini bosqinchilar zulmidan ozod qilish, erkin va
farovon hayot uchun kurash, muqaddas Ona- zamin osoyishtaligini
muhofaza qilish g'oyasi yetakchilik qiladi. Shuningdek, rivoyatda asosiy
qahramon To‘marisning mustahkam irodasi, jangdagi tadbirkorligi va
matonati ham o‘zining yorqin ifodasini topgan. To'maris jasur va
matonatli ayol shijoatining, Ona-Vatanga cheksiz sadoqatning ramzi
sifatida asrlar osha insonlar qalbiga ezgulik urug‘ini parvarishlab keldi va
bu jonso‘z rivoyat yozma adabiyotda qayta ishlandi. Jumladan, yozuvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |