Mirkarim Osim ham unga murojaat etadi. Muddao esa yagona: mard
xalq va uning jasur yo'lboshchisi hiyla va notantilikka qarshidir. G‘alaba
halollik va shijoat bilan qo‘lga kiritilmog'i zarur!
Mirkarim Osim asaridagi Siparangizning Kayxusrav tomonidan
hiyla bilan asir olinishi va ular o‘rtasidagi o‘ta ziddiyatli munozara tasviri
To‘marisning o‘g‘liga bo'lgan yuksak muhabbatidan darak beradi.
Siparangizning o'limi oldidan Kayxusravgaqarata: «Kuling-а, kuling...
ko‘p o‘tmay yig‘laysiz, qon yig'laysiz. Hiyla va makrlaringiz endi ish
bermaydi, arslon terisini yopingan tulkilar...» (24-bet)-deya qat’iyat
ko‘rsatgani va ko‘ksiga yaltiroq pichoqni sanchishi uning mardligidan
Do'stlaringiz bilan baham: |