oshiq qalbida shubha tug'diruvchi timsoldir. Ijod ahli esa ayni urinishlar
bilan muhabbat otashini shu’lalantirishga harakat qilishgan. Ishq yonida
jindak rashkning bo'lishi oshiqlik darajasini belgilashda mahaki imtihon
(tamal toshi) vazifasini o'taydi. Oshiq iltijolariga parvo qilmagan
ma’shuqa go'yo ag'yorga «qiyo boqadi». Bunday urinish ravshanki,
oshiqqa ham yoqmaydi va u yor payidagi sergak harakatini davom ettiradi.
Ba’zan ginaxonlik ham qilib qo'yadi. Shunday manzara tahlil
qilayotganimiz g'azal matlaida ko'zga tashlanadi. Oshiqning kelayotganini
ko'igan ma’shuqa o'zini atayin uni ko'rmaslikka oladi va qasddan
ag'yorlar tomon yura boshlaydi. Mahbubaning bunday raftori oshiq
Do'stlaringiz bilan baham: |