Ushbu qit’ada ulug' shoiming falsafiy mushohadasida teranlik bilan
yonma-yon dadillik va aniqlik tuiganligini his qilish qiyin emas. Chinakam
oshiq yor — mahbubasi jamolida Yaratganning nuri tajalliysini his eta
о Isa va uning sa’y-harakatlarida poklik ustuvor bo'lsagina, majoz haqiqat
pillapoyalariga ko'tarilishi mumkin. Qit’ada zohidga murojaat ham bejiz
emas. Umuman, zuhd-u zohidlik masalasidagi qarash ehtiyotkorlikni
taqozo etadi. Chunki bu toifa ahlining xatti-harakatida namuna olsa aizigulik
jihatlar bor. Ular toat-u ibodat, namoz-u ro'zani kanda qilmaydi. Doimo
tavba qilib, tahoratli yurishadi. Biroq ulaming riyokorligi toat-u ibodatini
ko'z-ko'z etishi va jannat tama’ida bo'lishlarida yorqin ko'rinadi. Oshiq va
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |