poklik olamiga yetaklovchi vosita sifatida ulug'lanadi:
Oshiq ani bilki, erur dardnok,
Ham tili, ham ko‘zi-yu ham ko'ngli pok.
O'zlugidin ishq ani pok etib,
Balki fano o‘tig‘a xoshok etib.
(Xamsa. 1960,87-b.)
Alisher Navoiy she’riyati haqsevarlik va insonsevarlik ta’limoti
bo'lgan tasawuf g‘oyalariga o‘zgacha jilo va sayqal berish bilan ravnaq
topadi. Masalaga shu nuqtai nazardan yondashadigan boisak, ulug*
shoir baytlaridagi «o‘zlugidin ishq ani pok etmoq»-ishq vositasida
oshiqning eng katta dushmani—nafsi ustidan g'olib kelishidir. «Fano
o‘tig‘a xoshok bo‘lmoq»-oshiqning eng ezgu maqsadining amalga oshishi,
uning «Ma’shuqi azal visoliga vosil» bo'lishidir. Buning uchun «dardnok»
Do'stlaringiz bilan baham: |