tamoyilidan birmuncha chekinganini sezish mumkin. Bu fikmi «G'vroyib
us-sig‘ar» va «Navodir ush-shabob» devonlari tarkibida «vasat» hamda
«kibar» davriga oid g'azallaming va aksincha, «Badoyi’ ul-vasat» hamda
«Favoyid ul-kibar»da «sig'ar»-u «shabob»ga daxldor she’rlarning
mavjudligi ham quwatlaydi. Jumladan, «G'aroyib us-sig'ar» devoni
tarkibidan o'rin olgan g'azallardan birida quyidagi bayt mavjud:
Yoshing ellik bo'ldi, yuz qo'yg'iJ fano tufrog'ig'a,
Kim, shabob ayyomi aysh-u beadablig' chog'i bas
(MAT. 3. 201-b.)
Bunday misollami yana ko'plab keltirish mumkin. Shuningdek,
«G'aroyib us-sig'ar» devonidagi bir qator she’rlarda Sulton Husayn
Boyqaroning podsho sifatida tilga olinishi ham yuqoridagi fikrlami tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |