Navoiyga munosabat masalasida shohning qarashlari bot-bot o‘zgarib
turgan. Saroyda faoliyat ko'rsatayotgan ulug' shoir dushmanlarining
Sulton Husayn Boyqaroga ta’siri kuchaygan paytlarida u muxolifatdagi
mulozimlar irodasiga moyillik ko'rsatishdan o'zini tiya olmagan. Biroq
bunday vaziyat tezda o'z kuchini yo'qotgan va Sulton Husayn Boyqaro
maktabdosh birodaridan samimiyatini darig* tutmagan. Lo'nda aytadigan
bo'lsak, sotsialistik realizm qoliplari asosida bunyod etilgan badiiy
asarlarda ifodalanganidek, shoh va shoir o'rtasidagi munosabatlarda
«antogonistik» ruh hukmronlik qilgan emas. Mumtoz manbalar sahifalari
orqali yetib kelgan ma’lumotlar ana shunday dalil-xulosalaiga kelish
asosini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |