va Majididdin ixtiyoriga o'tib qoladi. Alisher Navoiy esa yurt boyligining
kayf-safoga sarflanishi, xalqning amir-amaldorlar tomonidan
xonavayron etilishiga yo‘1 qo'ymas edi. Nizomulmulk va Majididdin kabi
g'alamis amaldorlar Alisher Navoiy bilan hisoblashishga majbur edilar.
Hatto, undan hayiqib ham turardUar.
Alisher Navoiy saroyda vujudga kelgan nosog‘lom muhit bilan
chiqisha olmasligiga ishonch hosil qilib, 1476-yilda vazirlikdan iste’fo
berilishini shohdan qat’iy talab qiladi. Xondaimir «Makorim ul-axloq»da
voqeani quyidagicha bayon qiladi: Navoiy: «Bir necha yil «Xalq o'rtasida
hukmronlik qilsangiz, adolat bilan hukm yuriting»,-so'zlariga amal qilib;
Bayt:
Do'stlaringiz bilan baham: |