Asarda Faridun, Sulaymon, Masih, Yusuf, Hotami toy, Rustam,
Ali, Muhammad Xo‘jabek singari afsonaviy, ilohiy va tarixiy shaxslaming
nomlari ham uchraydi. Xorazmiy «Muhabbatnoma»da bu an’anaviy ilohiy-
irfoniy timsollarga ko‘proq talmeh san’ati imkoniyatlari nuqtai nazaridan
murojaat qilib, she’ming badiiy nazokatini oshirishga harakat qilgan.
«Muhabbatnoma»dan o‘rin olgan Muhammad Xo‘jabek madhiga
atalgan misralar ham alohida ahamiyatga molik. Tasvirga ko‘ra,
Muhammad Xo'jabeksiz Jonibek mulki jonsiz tanga o‘xshaydi. Xorazmiyga
iltifot ko‘rsatib, uni «Muhabbatnoma»day go‘zal asami bunyod qilishga
ruhlantirgan qo‘ng‘irot naslidan bo'lgan hukmdor (Muhammad
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |