ashaddiy dushman deb bilgani uchun ham ulug‘ shoimi Xurosondan
uzoqlashtiradi. Bu haqda Zaxiriddin Muhammad Bobur. «Bilmon, ne
jarima bila sulton Abusaid Mirzo Hiridin ixroj qildi» (Bobumoma.
Toshkent, 1960, 233-bet), - deya munosabat bildiradi.
1469 yilning boshlarida G ‘arbiy Eronni ishg'ol etish uchun olib
borilgan kurashlarda Abusaid Mirzo mag‘lubiyatga uchraydi va fojeali
o‘ldiriladi. Shu yili Hirot taxtini egallagan Umarshayxning nabirasi
Sulton Husayn Boyqaro Xurosonda hukmronlik qila boshlaydi.
Movarounnahr esa Abusaid Mirzoning o‘g‘illari Sulton Ahmad, Sulton
Mahmud va Umarshayxlar tomonidan bo‘lib olinadi.
Sulton Husayn Boyqaro davrida Xuroson poytaxti Hirot yirik madaniy
markazga aylanadi. Bu davrda ilm-fan, san’at, badiiy adabiyot rivojlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |