qoladi. U yerda dastlab Larenda, keyinchalik esa saljuqiy sultonlaming
poytaxti Ko‘nyoda muqim yashaydi. Jaloliddin Rumiyning fors-tojik
tilida yozgan “M a’naviy masnaviy”si Sharq adabiyoti ravnaqiga
qo'shilgan muhim hissa sanaladi. Shuningdek, shoir turkiy tilda ham
asarlar yozgan. Husomiddin Osimiy fors-tojik, turkiy va arab tillarida
ijod etgan. Manbalarda qayd etilishicha, Husom iddin Osim iyni
zamondoshlari «arabchasi fasih, turkchasi saheh va forschasi maleh»-
, deb tavsiflashgan. Bulardan tashqari, Muhammad as-Samarqandiy
turkiy, mo‘g‘ul, fors-tojik va arab tillarini mukammal bilgan. 0 ‘z-o‘zidan
zikri o‘tgan holat bu davrda mulamma’-shir-u shakar (ikki yoki undan
ortiq tilda asar bitish) san’atining ancha taraqqiy etishiga sabab bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |