Mamlakatdagi boshbodoqsizliklarga qaramay, xalq ommasi o‘z
vatani, shahar va qishloqlarini istilochilardan mardona himoya qilish
uchun butun kuchini safarbar qiladi. Ayniqsa, Tem ur M alik
boshchiligidagi Xo‘jand mudofaasi uchun olib borilgan kurashlar
muhim ahamiyat kasb etadi. Tarixiy manbalardagi ma’lumotlarga ko'ra,
o‘zini davrining Iskandari deb atagan Muhammad Xorazmshoh 1220
yildayoq taxtini tashlab, qochib ketadi. U Kaspiy dengizining janub
tomonidagi orollardan birida kasal bo'lib, xor-zorlikda vafot etgan.
Muhammad Xorazmshohning o‘g‘li Jaloliddin Manguberdi
mamlakat mustaqilligi uchun astoydil kurashgan yirik sarkardadir.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |