Majnunni qilur edi suporish.
Kim , kirdi uy ichra yori joni,
Yo‘q, yo‘qki rafiqi jovidoni,
Bir-birga nazar kushod topti,
Ham bu va ham ul murod topti.
Jononig‘a ul fido qilib jon,
Bu jon beribon nechukki jonon (9, 290)
Shunday qilib, Layli va Majnunning daidchil ishqiy saiguzashtlari ikki
sevishganlaming vafoti bilan yakunlanadi. Ulug‘ shoir «Xamsa»ning ikkinchi
dostoni «Farhod va Shirin»da pok ishq insonni ruhiy-ma’naviy yuksaklikka
ko‘tarishi asar qahramonlari sarguzashti asosida tasvir etilgan edi. «Layli va
Majnun»da ayni g‘oyaning yangicha jilodagi badiiy ifodasi ko‘zga tashlanadi.
Farhodning ma’rifat martabalaridan odimlashida Suhaylo, Xizr, Suqrot
singari donish ahli qo‘l beigan bo‘lsa, Majnunga Navfal madadkor bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |