dastlabki tajribamiz mahsuli bo‘lgan qo‘llanmaning kamchiliklardan xoli
emasligi tabiiydir. Sizning xolisona fikr-mulohazalaringiz, beg'araz
tanqidingizdan umidvormiz, muhtaram o'quvchi! Ular, shubhasiz,
qo‘llanmaning takomillashgan nusxalarini yaratishda bizga qo‘l keladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
I-B O B
“0 ‘Z B E K M Y M TO Z A D A B IY O TI T A R IX I” FA N IG A K IR IS H
1.1. 0 ‘zbek mumtoz adabiyoti fan sifatida
Badiiy adabiyot tabiat gultoji sanalmish hazrati inson bilan egizak
dunyo yuzini ko‘rgan san’at turlaridan biridir. Inson yaratilibdiki, o‘zi
yashayotgan borliq sir-u sinoatlari bilan oshno bo‘lgisi, ulardan yuksak
shavq-zavq olgisi, ichki kechinmalari, orzu-intilishlari, ruhiy holatlarini
Do'stlaringiz bilan baham: |