ONA TILIDAN TESTLAR
1 Ustoz shuurimizni ilm bezagi bilan ziynatlaydi, tushuntirish bilan odamni foydasiz narsalardan xalos etadi, insonni chin ma`noda komil inson darajasiga yetkazish bilan bilim xazinasini ularning qalbiga joylaydi Ushbu gapda qatnashgan yasama so`zlar sonini toping.
A.6 ta B. 7 ta C. 5 ta D. 4 ta
2 Quyidagi matnda lug`aviy shakl yasovchi qo’shimchalar qo`shilishi natijasida necha o`rinda fonetik o`zgarish ro`y bergan?
“Keyin boshqa bir ta`birchini chaqiradi va ko`rgan tushining ma`nosini undan ham so`raydi. U:”Sening umring hamma qarindoshlaring umridan uzun bo`ladi”,-debdi. Shunda Xorun ar-Rashid: “Hamma aqlning yo`li bittadir va ikkala iboraning negizi bir yerga boradi, ammo bu ibora bilan u iboraning orasida farq bag`oyat ko`pdir”,-deydi va unga yuz tillo berishni buyuradi.
A.1 ta B.4 ta C. 2 ta D. 3 ta
3. Berilgan til birliklaridan nechtasi asos holatida ham, so`z va shakl yasash holatida ham kela oladi?
1)-don; 2)-xon; 3) –soz; 4) –xona; 5)-in; 6) –lab; 7)-ov
A. 2 ta B. 3 ta C. 4 ta D. 5 ta
4 So`z yasovchi va shakl yasovchi qo`simchalar shakldosh holda qo`llanmagan javobni belgilang.
A. bilimdon-qalamdon B. kelinchak-erinchak C. qizcha-erkakcha D. Barnoxon-kitobxon
5 Quyidagi matnda berilgan yasama so`zlar soni nechta?
O`z tilingizda fikrlashga, toza gapirishga, nutqingizni har xil yot unsurlardan saqlashga harakat qiling. Til mavsumiy libos emaski, ob-havoning o`zgarishiga qarab almashtirilsa.
A. 8 ta B. 6 ta C. 5 ta D. 7 ta
6 Berilgan qaysi so`zlar tarkibida 2 ta qo`shimcha mavjud?
1) o`chirg`ich; 2) o`lchagich; 3) to`plam; 4) tirikchilik; 5)terlamoq; 6)shodlanmoq; 7) tasdiqlanmoq; 8) bunday.
A. 1,2,3,4,5,6,7 B.1,3,5,6 C. 1,2,3,4,5 D.1,2,3,4,5,6,7,8
7 Berilgan so`zlar orasidan yasama so`zlarni ajrating.
1) ixtirochi; 2) guldon; 3) suhbatlashmoq; 4) ixtiro; 5) tinim; 6)qisqich; 7) to`g`ri; 8) tinmoq; 9) qisilmoq
A. 1,2,3,5,6 B. 1,3,4,7,9 C. 1,2,5,7 D. 1,3,5,9
8 Ko`kni qoplab olgan sanoqsiz yulduzlar qozonga yopishgan uchqunlar kabi yiltirab turibdi.
Ushbu gapda necha o`rinda so`z yasovchi q-chalar qo`llangan?
A. 3 B. 4 C. 5 D. 6
9 ”Changitib” so`zi tarkibida qanday ko`makchi morfemalar ishtirok etgan?
A. 1 ta so`z yasovchi, 1 ta lug`aviy sh y, 1 ta sintaktik sh yasovchi B. 1 ta so`z yasovchi, 1 ta shakl yasovchi C. 2 ta so`z yasovchi, 1 ta shakl yasovchi D. 1 ta so`z yasovchi, 2 ta shakl yasovchi morfema
10 Bu yerda tayyorlanayotgan turli-tuman shirin milliy taomlar, qulay shart-sharoitlar va yuqori darajada ko`rsatilayotgan xizmatimiz sizga manzur bo`lishiga ishonchingiz komil bo`lsin.
Ushbu gapda bir tovushdan iborat qo`shimchalar nechta? A. 3 ta B. 5 ta C. 2 ta D. 4 ta
11 Berilgan qaysi so`zlar 4 ta ma`noli qismga ajraladi?
1) go`zallashtirmoq; 2) yonboshlab; 3) sanog`ini; 4) surishtirmoq; 5) ta`mirlatmoq.
A. 1,2,3,4,5 B. 1,3,4 C. 1,2,4,5 D. 1,2,5
12 Qaysi javobda keltirilgan so`zlar tarkibida 2 ta so`z yasovchi qo`shimcha qatnashgan?
A. sanoqsiz, o`ynoqi, tinimsiz B. changitmoq, tinchimoq, qiynoq C. eslaganlik, yamoqchilik, yig`loqi D. yarqiroq, atama, qiynoq
13 Quyidagilardan yasalish asosi va yasalma bir so`z turkumi doirasida bo`lgan yasama so`zlar sonini aniqlang. Itoatkor, tinchlik, notekis, uzviy, g`allakor, oqarmoq, savala.
A. 6 ta B. 2 ta C.1 ta D. 5 ta
14 Berilgan til birliklaridan nechtasi asos holatida ham, so`z va shakl yasash holatida ham kela oladi?
1)-don; 2)-xon; 3) –soz; 4) –xona; 5)-in; 6) –lab; 7)-ov
A. 2 ta B. 3 ta C. 4 ta D. 5 ta
15 Berilgan qaysi so`zlar tarkibida 2 ta qo`shimcha mavjud? 1) o`chirg`ich; 2) o`lchagich; 3) to`plam; 4) tirikchilik; 5)terlamoq; 6)shodlanmoq; 7) tasdiqlanmoq; 8) bunday.
A. 1,2,3,4,5,6,7 B.1,3,5,6 C. 1,2,3,4,5 D.1,2,3,4,5,6,7,8
16 Xato bilimdonlikdan bilimsizlik afzal.
Ushbu gapdagi bilimdonlikdan so’zidagi so’z yasovchi qo’shimchalar miqdorini aniqlang?
A) 1 B) 2 C)3 D)4
17 Qaysi qatorda so’zning ma’noli qismlari odatdagi tartibda joylashmagan?
A) o’chirg’ichlar ni B) kitobxonlardan C) tepaliklarda D) uzumzorgacha
18 Qaysi bandda tub so’z berilgan ?
A) batafsil B) bahaybat C) badavlat D) badarg’a
19.Fe’llarning zamon, mayl va shaxs-son qo`shimchalari ..... shakllari deyiladi?
A)Vazifa B)Munosabat C)Nisbat D)Ko`makchi fe’l
20 Yasama otlar qaysi qatorda berilgan?
A) Shoir, uloq, yupanch. B) Boylik, qo‘ltiqtayoq. C) Komil, ishonch, harb. D) Qo‘lqop, suvlik, otaliq.
21. Yasama so‘zlar qaysi qatorda to‘liq berilgan?
A) Achchiq-chuchuk, to‘qson. B) Qattiq, sakson. C) Suvli, mayli. D) Yasha, osha, qo‘lqop.
22 Sodda yasama so’zlar berilgan qatorni aniqlang?
A) quyosh ,tosh, temir B) tun-kun issiq-sovuq, C) achchiq-chuchuk, xola-xola, mingoyoq,tog’olcha D) toshloq, tinimsiz, boylik
23. Yasama so‘zlar qaysi qatorda to‘liq berilgan?
A) Achchiq-chuchuk, to‘qson. B) Qattiq, sakson. C) Suvli, mayli. D) Suvdon, xumdon, , yasha, qo’lqop.
24 Tub so‘zni belgilang.
A) qo‘nim B) chiziq C) kesim D) so‘lim
25. Qaysi sifat ma’noli qismlarga ajr almaydi?
A) oshiq (yigit) B) yamoq (ko‘rpa). C) yetuk (olim) D) iliq (suv)
1 Jo’ja va jirafa so‘zlaridagi j tovushlari qaysi jihatdan o‘zaro farqlanadi?
A) til qismlarining harakatiga ko‘ra B) jarangli va jarangsizligiga ko‘ra C) portlovchi va sirg‘aluvchiligiga ko‘ra D) talaffuzida labning ishtirokiga ko‘ra
2. Qaysi qatorda unli va portlovchi undoshlardan tarkib topgan so‘zlar berilgan?
A) abadiy, telpak, qadriyat B) odob, botiq, qanoat C) dudutlatdi, qobiliyat, qorabayir D) tekintomoq, qanoat, vazifa
3. Qaysi so‘zda hosil bo’lish usuliga ko‘ra bir guruhga mansub undoshlar qatnashgan? A) zaruriy B) sezuvchi C) kitobxon D) xushbichim
4. Faqat jarangsiz undoshlardan tashkil topgan so’zni toping. A) taraqqiyot B) tafakkur C) shovqin D) huquq
5. Ona tili-bu millatning ruhidir. Undoshlarning hosil bolish o’rniga ko‘ra miqdori to’g‘ri berilgan qatorni belgilang. A) 10 ta til oldi, 2 ta lab-lab, 1 ta til orqa, 1 ta bo‘g‘iz B) 11 ta til oldi, 2 ta lab-lab, 1 ta til orqa, 1 ta bo‘g‘iz C) 10 ta til oldi, 2 ta lab-lab, 1 ta til orqa, 1 ta chuqur til orqa D) 9 ta til oldi, 2 ta lab-lab, 1 ta til o’rta, 1 ta til orqa, 1 ta bo‘g‘iz
6. Qaysi qatordagi so’zlarning undoshlari jarangli lab undoshlaridan iborat? A) beibo, beva, vabo B) ibo, bambuk, bevafo C) ivi, bibi, vafo D) bob, bobo, betob
7. Qaysi qatordagi so’zlarda faqat jarangli undoshlar bor? A) pastak, ko’ksulton, ko’lmak B) barbod, ko’klam, badnafs C) paxsa, sukut, sochiq D) zag‘izg‘on, jadval, mudir
8. Qaysi qatorda jarangsiz jufti bor jarangli undoshlardan iborat so’z berilgan? A) paxta B) zavod C) bog‘bon D) sassiz
9. Qaysi qatordagi so‘zlarning undoshlari til oldi tovushlardan iborat? A) diyda, joynamoz, latofat B) dilozor, jondor, larza C) jirttaki, laparchi, lahza D) latta, nojins, jodugar
10. Qaysi qatordagi so’zlarning undoshlari faqat ovozdorlardan iborat? A) mosh, mos, makon B) jang, mo’g‘ul, nav C) malol, marom, marmar D) marshal, mars, makon
11. Qaysi qatordagi so‘zlarning undoshlari faqat til orqa undoshlaridan iborat? A) kukun, katak, grek B) egik, go‘ng, kakao C) kakku, kek, keyin D) ko‘k, gala, geology
12. Qaysi javobdagi so’zlarda tovush va harflar soni teng emas? A) non, buyuk B) yog‘, suv C) yosh, tong D) yurak, ot
13. Quyida berilgan tezaytishlaming qaysi birida faqat lablanmagan unlilar ishtirok etgan? A) Erkin ertagi ekin ekishni ertaga ertalab eplaydi B) O’tkir o‘tkir o’roqda o‘t o‘rdi C) To‘p-to‘p ko‘k koptok, har bir to pda ko‘p koptok D) Hali Vali, Soli sholi o’rdi
14. O’zak va qo’shimchaga ajratish bilan bo‘g‘inga ajratish teng kelgan so‘zlarni toping. 1) o‘yna; 2) o‘yla; 3) sabrsizlikdan; 4) bargi; 5) suvsizlik; 6) ko’nglim; 7) tongga. A) 2, 3, 5, 7 B) 1,2, 3, 6, 7 C) 1,2, 5, 7 D) 1,2, 4, 7
15. Jarangli til oldi undoshlari qator kelgan so’zlarni belgilang. 1) qasr; 2) davr, 3) amr; 4) qadr; 5) qayd; 6) burj;7)ganj;8)nazm. A) 2,4, 5,6 B) 1,3, 4, 7, 8 C) 4, 6, 7 D) 2, 4, 5, 6, 7
16. Shovulladi tun bo‘yi shamol, Qaldiroqlar ko'chdi larzakor. Shivirlading yonimda xushhol: «Yana keldi, do‘stginam, bahor». Ushbu she’riy parchadagi ochiq va yopiq bo’g‘inlar soni qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) 19 ta ochiq, 17 ta yopiq bo’g‘in B) 18 ta ochiq, 18 ta yopiq bo’g‘in C) 16 ta ochiq, 20 ta yopiq bo’g‘in D) 11 ta ochiq, 19 ta yopiq bo’g‘in
17. Urg‘uning o’rni o’zgartirilganda so‘z ma’nosiga ta’sir qiladigan o‘rinlarni aniqlang. 1) ko‘zlar; 2) bog‘lar; 3) harakat; 4) yigitcha; 5) qo’llar; 6) ko’mir; 7) ishlar. A) 1,2, 4, 5 B) 2, 3, 5, 7 C) 1,2,4, 5, 7 D) 2,4, 5, 6, 7
18. Qaysi so‘zlarning oxirgi bo‘g‘ini har doim urg‘uli bo‘g‘in hisoblanadi? 1) hozir; 2) qazilma; 3) qo’llanma; 4) ko‘chirma; 5) qurama. A) 1,3,4 B) 1,2,4, 5 C) 2, 3 D) 1,2, 3, 4
19. Qaysi so’zda urg‘u ikkinchi bo’g‘inga tushadi? A) roman B) leksiya C) paxtakor D) tantana
20. Sanab sanog‘iga yetolmadi. Ushbu gapdagi so‘zlar tarkibida jami nechta tovush o’zgarishi yuz bergan? A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta
21. Mening bu voqeadan xabardorligimni unga ayta ko‘rma. Ushbu gapdagi so‘zlar tarkibida qanday fonetik o‘zgarishlar kuzatiladi?
A) tovush tushishi B) tovush almashishi va tushishi C) tovush orttirilishi, tushishi, almashishi D) tovush orttirilishi
22.1) ko‘chmoq;2)tikmoq;3) sog‘moq; 4) chiqmoq; 5) egmoq. Ushbu fe’llardan o‘tgan zamon sifatdoshi yasalganda ularning qaysi biriga jarangsiz undosh bilan boshlanuvchi qo’shimcha qo‘shiladi?
A) 1,2, 3,4 B) 2, 3,4, 5 C) 2,4 D) 3, 5 23
23. «Fevral oyiga kelib sovuqning shashti biroz pasaydi». Ushbu gapda nechta so’z fonetik yozuv asosida yozilgan? A) 4 ta B) 2ta C) 3 ta D) 1 ta
24. «Malika opaning ikkala o‘g‘li shaharda o‘qib, ulg‘ayib, yana bag‘riga qaytdi». Ushbu gapda nechta so‘z egalik qo’shimchasi qo‘shilishi natijasida fonetik yozuv qoidasiga muvofiq yozilgan? A) 4ta B) 2 ta C) 1 ta D) 3 ta
25. Alisher parvarish qilayotgan sayroqi qushlarni ko‘rgan ayrim bolalar unga havas qilishdi. Ushbu gapdagi fonetik yozuv asosida yozilgan so’zlar miqdorini toping. A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
26. Buvrug’ingiz so‘zida tovush o‘zgarishlahning qaysi turi mavjud? A) tovush tushishi va almashishi B) tovush orttirilishi va tushishi C) tovush tushishi va orttirilishi D) tovush almashishi
27. Qaysi so‘zda ikki marta tovush o’zgarishi yuz bergan? A) singlisi B) o‘ynoqi C) o‘rtog‘i D) pasay
28. Qaysi so‘zlarga egalik qoshimchalari qo‘shilsa, fonetik o’zgarish ro’y beradi? A) orzu, huquq, shahar, ikki B) ko‘ngil, bu, o‘rtoq C) quloq, inoq, qulun D) singil, o‘g‘il, ishtirok
29. Biror, zarur, zarar so‘zlarini talaffuz qilganda qanday tovush almashishi ro‘y beradi? A) assimilyatsiya B) metateza C) dissimilyatsiya D) proteza
30. Qaysi qatorda so‘z asosida fuziya hodisasi ro‘y bergan? A) Salimjon qilgan ishidan uyalib, qizarib ketdi B) Birdan yomg‘ir yog‘ib, tarnovlardan shovullab suv oqa boshladi C) Derazamning oldida bir tup o‘rik gulladi D) Hatto eng baland tog‘ ham quyoshni to’solmas
31. a unlisi bilan tugagan fe’l asoslariga qaysi qo’shimcha qo‘shilsa, a unlisi o unlisiga aylanadi va shunday yoziladi? A) -t B) -moq C) -sh D) -q
32. Qaysi so‘zda yonma-yon kelgan jarangli undoshlarning oldingisi boshqa jarangli tovush sifatida talaffuz etiladi? A) tanbal B) to‘qson C) taqsimot D) taskin 33. Buyruq, yasha, qiynoq, yigloqi, sayroqi, sanoq. Berilgan so‘zlarning neshtasida tovush tushishi sodir bolgan? A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
34. So‘zni payvand etavering har bir yurakka, toki u bitta dard bilan o‘sa olsin falakka. Ushbu gapda fonetik hodisaga uchragan so‘zlar soni nechta? A) 3 ta B) 4 ta C) 5ta D) 6 ta
35. Qaysi gapda tovush o’zgarishi sirg‘aluvchiga tegishli? A) Xotini, bolalari boiganda shunaqa bo‘lib yurarmidi? B) Ikkinchi bilaguzukni dadasi onasining qo'lidan chiqarib sotib kelgan edi C) Mana, xotining yamoq-yasmoqqa o’rab yig‘gan kimxoblar kiyib yotibdi D) Omborxona tomondan qandaydir qo'lansa, sassiq hid kelib turardi.
36. Jalil qo‘yin cho‘ntagidan gazetaga o‘ralgan pulni olib sanamoqchi edi, yamoqchi urishib berdi. Ushbu gapda fonetik o‘zgarishga uchragan so’zlarsonini aniqlang. A) 3 ta B) 5 ta C) 4ta D) 2 ta
Do'stlaringiz bilan baham: |