Yupiter — «qizil dog‘»H ulkan sayyora
Quyosh sistemasining planetalari ichida eng kattasi hisoblangan
Yupiter, tabiati va tuzilishiga ko‘ra, jum boqlarga boyligi bilan
astronom lar diqqatini o ‘ziga jalb etadi. Y upiterning o 'rtach a
radiusi, Yer radiusidan qariyb 11 marta katta bo'lib, 69 ming 150
kilom etm i tashkil qiladi. Bu gigant planeta 778 million kilometr
masofada Quyosh atrofida aylanadi. Planetaning Quyosh atrofida
aylanish tezligi sekundiga 13 kilometr bo'lib, 12 yilda bir marta
aylanib chiqadi. Boshqacha aytganda, Yerdagi 60 yoshli odam
Yupiter yili bilan endi 5 yoshga to‘lgan bo‘luredi. Qizig'i shundaki,
Yupiterning o ‘z o ‘qi atrofida aylanishi, Yer tipidagi planetalar
aylanishlaridan farq qilib, ekvator qismi tezroq — 9 soatu 50,5
m inutli, o 'rtach a qatlamalari esa sekinroq — 9 soatu 56 minutli
davr bilan aylanadi.
Y u p ite r a tm o s fe r a s id a S 0 2 va S O , k abi m o le k u la r
birikm alarning topilishi astronom lar uchun «syurpriz» b o ‘ldi,
chunki vodorodli atmosferada karbonat angidrid tez parchalanishi
k u zatilad i va shu n in g u chun h am o lim la r M u sh tariy n in g
atmosferasida uni kutmagan edilar.
G igant sayyora atmosferasida suv bug'larining topilishi ham
katta voqea bo ‘ldi, chunki Yerdan kuzatiladigan planetaning bulutli
qatlamlaridagi —120—130°C dan past iiaroratda suv bug‘lari doimo
muz holatidagina bo ‘lishi mumkin deb taxmin qilinar edi.
31
Yupiterni infraqizil nurlarda o ‘rganish, boshqa planetalardan
farqli o'laroq u o ‘zidan, Quyoshdan olgan energiyasidan qariyb
ikki yarim barobar ko‘proq energiyada nurlanishini m a’lum qildi.
Shu munosabat bilan amerikalik taniqli planetalar tadqiqotchisi
D.J.Koyper Yupiter markazida ham Quyosh va yulduzlardagi
kabi energiyaning termoyadro manbayi mavjud degan xulosaga
keldi. Boshqacha aytganda, Yupiter planetalardan ko‘ra yulduzlarga
«qarindosh» degan nazariyani berdi. Biroq keyingi yillarda olingan
materiallar ko‘rinishida bu gipoteza o'zini oqlamadi.
Yupiterdan 278 ming kilometr naridan o ‘tgan AQSH ning
« V o y a jer—1» a v to m a tik s ta n s iy a si M u s h ta riy va u n in g
yo‘ldoshlariga tegishli talay yangiliklarni ochdi. «Voyajer» olgan
rasmlarda planetaning 30 ming kilometrga chuzilgan qutb yog‘dusi
va atmosferasida 17 marta razryadi — yashinni eslatuvchi chaqnash
kuzatildi. Planeta sirtidan 57 ming kilometr balandlikda kengligi
8 ming 700 kilometr, qalinligi 30 kilometrdan katta bo ‘lmagan,
Saturnnikiga o ‘xshash halqasi borligi m a’lum bo‘ldi. Olimlarning
aniqlashicha, bu halqa kattaligi bir necha o ‘n metrdan bir necha
yuz metrgacha boruvchi toshlardan va muzdan tashkil topgan.
Avtomatik stansiya sayyoraning yo'ldoshi yonidan eng yaqin
(19 ming km) m asofadan o ‘tib, uning sirtida ayni paytda
«ishlayotgan» vulqon (balandligi 160 km ), bir n ech a yuz
kilometrga cho'zilgan tog‘lar va jarliklarni kuzatdi. G anim ed va
Kallisto sirtida ko‘ringan o'nlab yorug' dog‘lar esa aftidan, kraterlar
bo‘lsa kerak deb taxmin qilindi. Kallistodagi kraterlardan biri bir
necha konsentrik tog‘ halqalari bilan o ‘ralgan bo‘lib, ayrim joylarda
bu tizimlarning oralig‘i 1 ming 600 kilometrgacha etadi.
G archi oxirgi yillarda ulkan sayyora M ushtariy va uning
yo‘ldoshlariga tegishli anchayin asriy sirlar «fosh» bo‘lgan bo‘lsada,
xali yana bir necha o ‘n yilga yashiringan m uam m olar unda
mavjud. Bu «tilsim»lar o ‘z sirlari bilan o ‘rtoqlashishi uchun
navbatdagi kosmik stansiyalami kutadilar. Biroq shuni aytish
kerakki, bunday kosmik apparatlarning q o ‘ndirilishiga gigant
Yupiter uncha ro‘yxushlik bermasada, uning yirik yo‘ldoshlari
juda «m ehm ondo‘st»dirlar.
32
Sayyora qadimgi rimning vaqt va taqdir xudosi Saturn nomi
bilan ataladi. Bu planeta sharqda Zuhal, greklarda Kronos nomi
bilan yuritiladi.
Saturn kattaligi jihatidan faqat Yupiterdan keyin turadi, uning
diametri 120 ming 800 kilometr, Quyoshdan o ‘rtacha uzoqligi
9,5 astronom ik birlik, ya’ni quyoshdan 1 m illiard 427 million
kilom etr narida yotadi.
Ekvator zonasining aylanish davri 10 soatu 14 m inut bo ‘lgani
holda, qutbga yaqin rayonlari 10 soatu 28 m inutli davr bilan
aylanadi.
Planetaning ekvator tekisligi, uning orbita tekisligiga 26 gradus
45 minutli burchakka og‘ishgan. Saturn atrofida eni 60 ming
kilometrgacha, qalinligi 1 0 — 13 kilometrgacha yetadigan halqasi
borligi bilan boshqa planetalardan keskin farq qiladi.
1750-yil Saturnning halqasi haqida Tom os Rayt shunday
yozgan edi: «agar biz Saturnni yetarli darajada va teleskopda
kuzatsak edi, u holda halqa, biz y o id o s h la r deb ataydigan
jism lardan an ch a pastda cheksiz ko ‘p m ayda sayyoralardan
iboratligini ko‘rar edik». Keyingi tadqiqotlar halqa haqida Tomos
Reynning bu bashorati haq ekanligini tasdiqladi.
1857-yili m ashhur ingliz fizigi Djm em s Klerk Maksvell
Z uhalning halqasi m onolit bo'lm ay, qattiq zarrach alarn in g
tangasimon uyushmasi ekanligini nazariy yo‘l bilan isbotladi. K o‘p
o ‘tm ay , M ak sv elln in g ay tg an lari m a sh h u r rus astro fiz ig i
A.A. Belopol’skiy va amerikalik Dj.E. Klerk tom onidan o ‘tkazilgan
eksperimentlar asosida quwatlandi. Biroq 1934-yilda G.A. Shayni
o ‘zining observatoriyasidagi (qrim) qator nozik kuzatishlari asosida
sayyora halqasi changdan tashkil topgan degan fikrga qarshi chiqdi.
Boshqa bir olim I.S. Bobrov Saturn h alq asin i o ‘rganishga
bag‘ishlangan bir necha yillik tadqiqotlarini doktorlik dissertatsiyasi
ko‘rinishida himoya qildi. Uning bildirishicha, halqa kesimi 10
sm chamasi qattiqlikdagi tipik qattiq jinslaridan tashkil topgan
b o ‘lib, b a ’zan u la r ich id a d ia m e tri b ir n e c h a m etrg ach a
boradiganlari uchraydi.
Saturn
33
Keyinchalik Titan atmosferasida yetarlicha ko‘p miqdorda
vodorod kuzatildi. Zuhalning bu yirik yo‘ldoshi haqida olingan
m a’lumotlar, 1979-yil 2-sentabrda Titandan 356000 kilometrgina
naridan o'tgan «Pioner XI» avtomatik stansiyasining tadqiqotlari
bilan to ‘la tasdiqlandi. Shuningdek bu kosmik apparat yordamida
Saturnning yana bir yo‘ldoshi topildi va kosmik stansiya sharafiga
«Pioner qoyasi» degan nom oldi. Saturn yo'ldoshlaridan yana
biri — Yaped (diametri 425 kilometr) sibert tuzilishi jihatidan
juda «rang-barang» ligi bilan kishi diqqatini o ‘ziga tortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |