fani ham kuzatish, tajriba (eksperiment) va tasvirlash, xulosa yoki
logik fikrlash usullariga ega. Geologiyaning tekshiradigan obyekti
Yer bolib, u uzoq rivojlanish tarixiga egadir.
Binobarin, eksperiment
geologik usullar ichida ikkinchi o ‘rimii egallaydi. Chunki tog‘larning
hosil bo‘lishi ustidan tajriba o ‘tkazish hozircha bizning qo‘limizdan
kelmaydi. Shunday qilib, geologiyada qo‘llanadigan eng qulay usul
-kuzatish usuli bo‘lib, u to ‘la va aniq olib borilishi lozim. Yaxshi
va aniq kuzatilgan tabiat hodisalaridan har taraflama mufassal ilmiy
xulosalar chiqarish mumkin.
Geologiyadagi kuzatish usuli Yer qatlamlarining stratigrafiyasi,
petrografiyasi, p a leo n to lo g iy asi, fatsiyasi va tek to n ik asin i
o ‘rganishga asoslangan. Stratigrafik tekshirish usuli deganda, Yer
qobig'i qatlamlarinishg qanday tartib
bilan yotishini va ularning
tarixiy, xronologik davrlarda ketm a-ket m untazam ravishda hosil
bo‘lganini tekshirish tushuniladi. Stratigrafik asosiy qonuniyatga
ko‘ra, eng pastdagi qatlam (agar qatlamlar hammasi burm alanm a-
gan va gorizontal yotgan bo‘lsalar) eng qadimgi qatlam hisoblanadi.
Petrografik kuzatish esa (petros — tosh, grafo — chizish) Yer
qobig‘i tarkibidagi tog‘ jinslarining nimadan tuzilganligini aniqlaydi.
Petrograf o ‘z oldida qanday jinslar qum, gil, ohaktosh,
slanets
yoki granit turganligini bilishi kerak.
Paleontologik kuzatish esa Yer p o ‘stidagi to g ‘ jinslarida
uchraydigan hayvon, o‘simliklarning toshga aylangan qoldiqlarini
o ‘rganadi, tog‘ jinslarida hayvon va o ‘simlik qoldiqlarining toshga
aylangan holda topilishi geolog uchun shu jinsning nisbiy yoshini
an iq lash g a im k o n b erad i. P aleo n to lo g ik kuzatish p ay tid a
biologiyaning Yerda organik dunyoning hosil bo‘lishi va rivojlanishi
haqidagi qonuniyatlaridan foydalanib xulosalar chiqariladi.
Bir xil tarkibli va bir xil fauna hamda floradan iborat b o ‘lgan
qatlam yoki bir necha qatlam yig‘indisi
geologiyada fatsiya deb
ataladi. Fatsiya — tur degan m a’noni bildiradi. Qumning qizil
rangda bo ‘lishi uning iliq, hatto issiq iqlimda vujudga kelganligini
ko ‘rsatsa, qora yoki kulrang ekanligi sovuq iqlim da vujudga
kelganligidan dalolat beradi. Qum, um um an, shamol, suv va issiq-
sovuq ta ’sirida toshlarni-ng maydalanishi natijasida hosil bo‘ladi,
suvdagi loyqa suv tagiga ch o ‘kib gil hosil bo ‘ladi.
13
Fatsiya o ‘ziga xos petrografik va organik tarkibga ega bo‘lgan
qatlamlar kompleksidir. Fatsiyani o'rganish uchun jinslar orasidagi
hayvon qoldiqlarini topish va aniqlash juda muhimdir. Masalan,
qobig‘i yupqa chig‘anoqlar tinch va chuqur suvlarda, og‘ir, qobig‘i
dag‘al chig‘anoqlar toMqinli, notinch suvda yashaydi.
Jinsning
fatsial xususiyatlariga qarab geolog uning qanday tabiiy geografik
sharoitda paydo bo‘lganligini, ya’ni shu jins hosil bo‘lgan davrning
paleografiyasini bilib olishi mumkin.
Nihoyat tektonik kuzatishlar natijasida tog‘ jinslarining yotish
tavsifmi o ‘rganish mumkin. Jinslar gorizontal holda ham, qiya
holda ham yotadi. Tektonika Yer po^stining tuzilishi, harakatlari,
o ‘zgarishi va rivojlanishini o ‘rganadi. Tog‘ jinslari qatlamlari
tektonik harakatlar natijasida ko‘tarilib, burmalar hosil qiladi.
Burmalanish tog‘ hosil bo‘lish jarayoni bilan bog'liqdir.
Tektonik
harakatlar natijasida Yer po‘stining biron yerida tog‘ hosil bo‘ladi.
Keyingi yillarda fan va texnikaning o ‘sishi tabiatni yanada
chuqurroq o ‘rganish uchun keng yo‘l ochib berdi. XIX asrning
ikkinchi yarmida Pleyfer, Dobre va boshqalar geologiya faniga
tajriba usulini kiritishga u rindilar. D obre to g ‘
jin slarin in g
qatlam lanishi sabablarini tushuntirm oq uchun, qatlam larning
suniy sharoitda hosil bo‘lgan shakllarini o'rgangan. Keyinchalik
vulqonli jinslarning ayrim xususiyatlarini bilmoqchi bo‘lib, u
vulqon jinslarini yuqori haroratda eritgan va ularni qotguncha
sovitgan. XX asrda o ‘tkazilgan bu xil
tajribalar geologiyaning
nazariy masalalari -otqindi jinslarning hosil b oiishini hal qilish
bilangina cheklanmay, balki xo‘jalik masalalarini ham hal qildi.
N azariy aham iyatga ega b o ‘lgan bu tajribalar a w alo sanoat
tarmoqlariga kirib bormoqda.
Geologiyada geofizik va geokimyoviy usullar keng qoMlaniladi.
Yerning og‘irlik kuchi aniq va sezgir asboblar bilan o ‘lchanadi. Yer
yuzasida og‘irlik kuchining tarqalishini gravimetriya tekshiradi.
Og‘irlik kuchining tarqalishini aniqlanishi Yerning fizik holatini —
Do'stlaringiz bilan baham: