tarkibining o ‘zgarishini o ‘rganib, ulami o'zaro taqqoslashga imkon
beradi.
M a’lumki, Yerning geologik tarixida organik dunyo uzluksiz
va orqaga qaytmay o'zgarib kelgan. Rivojlanish jarayonida Yer
yuzasida sharoitlar o'zgarishi bilan organizmlar qirilib ketgan yoki
yangi sharoitga moslashib ulardan yuqori
darajadagi organizmlar
guruhi kelib chiqqan; shuning uchun ham har qaysi geologik davr
o ‘z o ‘simlik va hayvonlariga ega. Demak, bir xil yoshdagi yotqiziqlar
o ‘xshash organik qoldiqlarni o‘zida saqlab qolgan.
Organik dunyo
rivojlanishining qaytarilmasligi paleontologik usullar asosini tashkil
qiladi. O rganik dunyoning qaytarilm asligini birinchi m arta
Ch.Darvin aniqlagan. Belgiyaolimi Dollo 1893-yilda bujarayonni
«rivojlanish qonuni» deb atashni taklif qildi. Bunga ko‘ra har qanday
organizm o ‘z ajdodlari qatoriga hech qachon qaytib kelmaydi, yoki
vaqt o'tishi bilan qayta paydo bo‘lmaydi.
Rivojlanishning Darvin Dollo qaytmas qonunidan kelib chiqqan
holda, u yoki bu qatlamlarda uchraydigan har qanday organizm
qoldiqlarining qazilma majmuyi organik
dunyo rivojlanishining
m a’lum bir bosqichini aks ettiradi va u qaytarilmasdir. Rivojlanishning
bunday xususiyati tog‘ jinslarining nisbiy yoshini aniqlashda orga
nizmlar qoldiqlaridan foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Ayrim organizmlar guruhining Yer yuzasini juda tez o ‘zlash-
tirib keng tarqalganligidan foydalanib, bir-biridan uzoqda joylash
gan hudud kesimlarini taqqoslash mumkin. U m um an qazilma
organizm lar alohida guruhlarining biostratigrafiyadagi ahamiyati
turlicha. Bu ularning vaqt mobaynida
va joylarda tarqalganligi,
m a’lum bir jins xillarida uchrashi, tez-tez uchrab turishi va ular
ning rivojlanish suratiga bog‘liq. Shu boisdan biostratigrafiyada
halok b o ‘lib ketgan organizmlar ichida arxistratigrafik va trastra-
tigrafik guruhlar ajratiladi.
Arxistratigrafik guruhlar tez rivojlanish va qanday cho‘kindilar
to ‘planishidan qat’i nazar Yer yuzasi b o ‘ylab keng tarqalgan.
Ularga plankton foraminifera, goniatit, am m onit, graptolit va
boshqa nekton shakllar kiradi. Bunday guruhlar yordamida kesim-
lam i planeta miqyosda taqqoslash mumkin.
Parastratigrafik guruhlarga bentos (dengiz
tubiga yopishib
96
yashovchi) organizmlar: braxiopoda, koral, mshanka va boshqalar
kiradi. Bular keng miqyosda taqqoslashda uncha ahamiyatli emas,
ammo regional biostratigrafiyada asosiy guruhlar hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda elektron mikroskop yordamida biostratigrafiyada
mikroorganizmlar qoldiqlari (mikro-fossiliyalar)
yaxshi natijalar
beryapti. Mikrofossiliyalaiga mayda hayvon skeletlari (foraminifera,
radiolyariy, ostrakoda), ayrim suv o ‘tlari, o'sim lik gulchang va
sporalari, mayda skelet qoldiqlari (konodontlar, baliq suyaklari) va
boshqa biogen qoldiqlar taalluqlidir.
Biostratigrafiyada geologik yoshni aniqlash uchun yetakchi
m uhim
sh ak llar, m ajm ua ta h lil, evolyutsiya (filo g en etik ),
mikropaleontologik organizmlar, foiz-statistik va floristik usullardan
foydalaniladi. Quyida ular bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: