A patit rangsiz, shaffof, oq, k o 'p in ch a och yashiidan zum rat
yashilgacha va havorang b o ‘ladi, shishasim on yaltiraydi. Q a t
tiqligi 5. U lanishi m ukam m al em as. S olishtirm a og'irligi 3,18-
3,21 g /sm 3.
Apatit va fosforitlardan o ‘g ‘itlar tayyorlanadi.
Silikatlar
Tabiatda m a’lum bo‘lgan mineral turlarining uchdan bir qismi
silikatlarga to ‘g‘ri keladi. A.E.Fersmanning hisobiga ko‘ra silikatlar
Yer qobig‘ining 57% ini tashkil qiladi. Bularga 12%
kvars va
opalni qo‘shib hisoblasak silikatlar miqdori 80% ga yetib boradi.
Juda ko‘p silikatlar ham m a magma, cho'kindi (asosan, gil va gilli
s la n e ts la rd a , q u m , q u m to s h la rd a ) va n ih o y a t x ilm a -x il
kristallangan slanetslarda ham eng m uhim jins hosil qiluvchi
mineral bo‘lib qoladi. Deyarli ham m a foydali qazilma konlarining
minerallari tarkibida ko‘p hollarda qim m atli metallar N i, Zn, Be,
Zr, Si, Sr, U va hokazo bor. K o‘p silikatlarning o ‘zi metallmas
konlami hosil qiladi. Masalan: asbest, kaolin, dala shpatlari,
qurilish
materiallari, qimmatbaho hamda bezak toshlari (zumrad, turmalin,
topaz, rodonit, nefrit va boshqalar).
Silikatlar ilgari kremniyli va alyuminiy-kremniyli kislotalarning
tuzlari deb hisoblanar edi.
Silikatlar hozirda asosiy struktura turiga qarab tasnif qilinadi.
S ilik atlarn in g stru k tu rasi u la rn in g kim yoviy tark ib i b ilan
chambarchas bog‘liqdir. Shuningdek,
minerallarning m uhim fizik
xossalarini va hatto m a’lum darajada geneziyasini ham aks ettiradi.
Tarkibi juda xilma-xil silikatlarni rentgenom etrik tekshirish,
shu birikm alarning kristall strukturalari xossalariga m ansub
bo‘lgan quyidagi xulosalarga olib keladi.
1. Tekshirilgan silikatlarning ham m asida Si4+ ioni bilan atrofi-
tetroedr uchlarida joylashgan to ‘rtta O2' ioni bilan doimo o ‘ralgan
bo‘ladi. Shunday qilib kremniy kislorod tetroedri (ya’ni [S i0 4]4'
~ gruppasi ham m a silikatlar uchun asosiy struktura birligi bo‘ladi.
2. Silikatlarning kristall strukturalarida
krem niy-kislorod
tetroedri bir-biridan ajralgan, yakka-yakka struktura birligi holida
87
joylashgan b o ‘lib, yoki turli usullar bilan bir-biriga tutashib
murakkab kompleks anion radikallarini hosil qilishi mumkin.
Bunday tetroedrlar faqat uchlari burchaklari bilan o'zaro tutashishi
mumkin. Bunday tetroedrlarda to ‘rtta erkin valentlik |S i 0 4]4
bo'ladi. Kremniy kislorodli tetroedrlarning turli qo‘shilishi va
silikatlar tarkibiga kiruvchi boshqa elem entlar ionlarini biriktirib
olishi shunga bog‘liq.
3. Kremniy kislorodli tetroedrlar mustahkam silikat kristall
panjara hosil qiladi. Shu bilan bir vaqtda biri ikkinchisidan ajralgan
yoki um umiy kislorod ionlari orqali bir-biriga birikkan bo‘lishi
mumkin
K rem niy — kislorodli tetroedrlarning
bir-biriga qanday
qo‘shilishini aniqlash silikatlarni to ‘g‘ri guruhlashga asos soldi.
Silikatlar o ‘zining kimyoviy tarkibiga qarab dala, shpatlari,
feldshpatoidlar, metasilikatlar, ortosilikatlar
va suvli silikatlarga
bo‘linadi. Dala shpatlari Yer qobig‘ining 50% ga yaqinini tashkil
qiladi. Feldshpatodlar kam roq uchraydi. R angdor silikatlar
magmatik jinslam i hosil qiluvchi eng muhim minerallar guruhidir.
Suvli silikatlar ayniqsa metamorflashgan jinslar orasida ko‘p tar
qalgan.
Hozir silikatlar strukturasini rentgenoskopiya usuli bilan tek
shirish natijasiga qarab quyidagi beshta kichik sinflarga bo'linadi:
a) orolsim on, b) zanjirsim on, d) lentasim on, e) varaqsimon,
f) to'qim asim on silikatlar.
88
Do'stlaringiz bilan baham: