B. S. Sayfullayev, V. K. Rustamov madaniy tadbirlarni tashkil etish


Mustaqil ish uchun mavzu va vazifaiar



Download 3,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/134
Sana04.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#636042
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   134
Bog'liq
Madaniy-tadbirlarni-tashkil-etish-mahorati.Сайфуллаев-Б (1)

Mustaqil ish uchun mavzu va vazifaiar:
1. Та ’sirchan vositalar tushunchasi,
2. Madaniy tadbirlarda foydalaniladigan vositalaming o'ziga
xosligi.
3. Musiqa —madaniy tadbirlarda qo'llaniladigan eng muhim
san 'at vositasi sifatida
4. Madaniyat va san ’at sohasida та ’rifiy, ishontirish, namuna,
illyustrativ, teatrlashtirish uslublarining qo’llanishining o'ziga
xosligi.
5. Tadbirlarning kompozitsion tuzilishi.
6. Biron-bir madaniy tadbirni kompozitsion tuzilishi nuqtayi
nazardan tahlil qiling.
7. 
O ‘zingiz ко 'rgan (yoki qatnashgan) biron-bir tadbirda
foydalanilgan usul va uslublar haqida referai tayyorlang.
Madaniy tadbiriar turlari va
ulai*ni tashkil etishning spetsifik xususiyatlari
Yurtimiz mustaqillikka erishgach, kishilar ongi, dunyoqarashi, 
tafakkuri, maqsad va intilishlari, bir so‘z bilan aytganda ma’naviy- 
mafkuraviy olamida, ruhiy tabiati va hatto qiyolasida ulkan 
o'zgarishlar paydo bo'la boshladi. Bu borada Prezidentimiz va 
hukumatimizning ma’naviyat, ma’rifat, mafkura, madaniyat, san’at 
va g‘oyaviy yo‘nalish borasida olib borilayotgan hayotiy va odilona 
siyosati muhim omil bo‘lib xizmat etmoqda. Zero, gap ma’naviyat, 
mafkura, g‘oya, san’at, madaniyat va ma’rifat haqida borar ekan, 
unda madaniy tadbirlarning jamiyat taraqqiyotidagi muhim 
ahamiyati beqiyosligini hech kim inkor etolmaydi. Ommaviy san’at 
asarlari hisoblangan teatr, kino yoki ommaviy tadbirlarni mazmunli, 
maqsad li 
niyatga 
erishishda 
san’am i ng 
barcha 
turlaridan
49


foydalaniladi va tomoshabinlarga taqdim etiladi. Aromo, deyarii 
tashkil etiladigan barcha tadbirlaming asosida ma’naviy, tarbiyaviy 
va axloqiy, ma’rifiy jarayonlaming yotganligiga shubhayo‘q.
Rejalashtirilgan va o‘tkazilishi kerak bo‘lgan madaniy 
tadbirlaming asosiy vazifasi — milliy va dunyo madaniyatlarining 
eng yaxsbi namunalarini kéng targ‘ib qiiisb va ommalashtirish, 
o‘sib kelayotgan yosh avlodni, zamonaviy yoshlami ma’naviy 
tarbiyalash, millatiga, tarixiga, insoniyatga bo‘ lgan hurmatni 
uyg‘otish va saqlash hisoblanadi. Zotan, xalqlaming o‘ziga xosligi 
va betakrorligini saqlash, tarixan shakllangan qadimiy milliy 
madaniyatiar, san’at va xalq ijodiyoti, yuz yillar davomida tarkib 
topgan milliy an’ana va urf-odatlaming o‘zaro yaqinlashuvi va bir- 
birini boyitishi uchun, dunyoda yashayotgan turli millat va elat 
vakillari o'rtasida o‘zaro hurmat muhitini qaror toptirish uchun 
madaniy tadbirlaming ahamiyatini alohida ta’kidlash maqsadga 
muvofiqdir. Shuningdek, madaniy tadbirlarda shaxs o‘z insoniy 
fazilatlarini shakllantira boshlaydi, yasbirin, betakror, individual 
xususiyatlari, qobiliyatlarini kashf etadi, ularni o'stiradi va 
rivojlantirib boradi, jamiyat, hayot bilan muloqotga kirishadi. 
Murakkab ijtimoiy voqelik sifatida bu tadbirlaming o'ziga xosligi 
shundaki, u insoniyat avlodlarinig mehnati va bilimlarini o'ziga 
singdirib oladi, saqlaydi, doimiy boyitib boradi va ulami kelgusi 
avlodlarga yetkazib beradi.
Mana shunday ulkan isblami amalga oshirishda madaniy 
tadbirlami maqsadli tashkil etish, uni tarbiyaviy jarayonlarga 
yo‘naltirish -hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir.
«Ma’naviy tadbirlar» - eng awalo milliy g‘oya asosida xalqni 
birlashtirish, jipslashtirish, yosh avlod ongi va qalbida ezgu 
g‘oyalarga 
sadoqat tuyg‘ularini 
tarbiyalashga, 
shuningdek, 
kishilami ma’naviÿ tajovuzlardan ogohlikka chorlash, ularning 
mohiyatini anglab yetishga qaratilgan tizimli shakllar, usullar, 
vositalar va maqsadli amaliy harakatlar majmuidir. Ma’naviy - 
ma’rifiy tadbir ta’lim - tarbiyaning muhim yo‘nalishi sifatida uning 
asosiy maqsadi muayyan masala bo‘yicha bilim berish bilan birga 
anglangan xatti - harakatga yo'naltirishdan iborat bo‘lib, ma’naviy - 
ma’rifiy tadbirlami tashkil etishning ikkita asosiy yo'nalishi 
mavjuddir. Birinchidan, insoniy fazilatlami ulug‘lash, yuksak
50


ma’naviyatli kishilar hayoti va faoliyatini ta’riflash, ularni ibrat, 
namuna qilib ko'rsatish orqali kechadi. Ikkinchidan esa — muayyan 
illatlarni qoralash, ulardan xalos bo'lishga da’vat, targ'ibot qilish 
orqali amalga oshiriladi va bunda erishilgan yutuqlarni xolisona 
e'tirof etib yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar xolisona nuqtayi nazardan 
baholanishi muhim ahamiyatga egadir. Ma’naviy - ma’rifiy 
tadbirlarda ulug‘ ajdodlarimizning hayot yo‘li, qoldirgan merosini 
biryoqiamalikka berilmay, to'g'ri va haqqoniy aks ettirishga, faqat 
o'tmishdagi siymolar bilan cheklanib qolmasdan, bugungi kunda 
yon - atrofîmizda faoliyat ko‘rsatayotgan ilg'or zamondoshlarimizni 
o'mak sifatida ko‘rsata bilish muhim ahamiyatga egadir. 0 ‘tmish va 
kechagi kun bilangina yashab qolmasdan, bugungi kundagi 
murakkab vokelikka tayanib, jamoatchilik fikrini shakllantirishning 
eng zamonaviy, ta’sirchan usullari va vositalaridan foydalangan 
holda ish olib borish hayotning qat’iy talabidir. Ma’naviy - ma’rifiy 
tadbirlarda bugungi murakkab an’naviy, jarayonlami ilmiy - amaliy 
jihatdan atroflicha tahlil kilish va baholash, buzg'unchi g'oyalarning 
kimga va nimaga qarshi qaratilganligini aniqlash, ma’naviy - 
tajovuzlar mohiyatini ochib berish alohida ahamiyatga ega. Ana 
shundagina ma’naviy - ma’rifiy tadbirlar mazmun - mohiyati bilan 
odamlar qalbiga va ongiga yetib boradi.
Yuqorida aytib o'tganimizdek, ma’naviy-ma’rifiy, musiqiy, 
adabiy-badiiy va h.k.lami umumiy nom bilan madaniy-tadbirlar deb 
aytsak to‘g‘ri bo'ladi
Madaniy tadbirlar turlari to'g'risida gap borganda, ma’lum 
ssenariy asosida o'tkaziladigan barcha tadbirlar majmuini - madaniy 
tadbirlar dey ish mumkin. Turli janr larda tashkil etilgan konsertlar, 
davra suhbatlari, uchrashuvlar, mavzuli kechalar, viktorina, ya’ni 
ko'rik-tanlovlar, débat, badiiy-sport tomoshalari, bayramlar va 
boshqalar madaniy tadbirlar turlaridir. Madaniy tadbirlami tashkil 
etish — ularning turlaridan kelib chiqqan holda yondoshilsa, 
maqsadga muvofiq bo'ladi.
Masalan, 

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish