»-¡M SI-
kunda esa ta’lim tizimida — o‘qish hamda o'qitishga talab juda
jiddiy qo‘yilganligi bilan ajralib turadi. Talaba-yoshlaming bilim-
liligi jamiyatning salohiyatini belgilashga ta'sir ko'rsatadi. Shuning
uchun ham bugungi kunda ta’lim borasida yangi zamonaviy
pedagogik texnologiyalar, AKT, chet tillarini o‘zlashtirish, m e’yoriy
hujjatlar, innovatsion ta’lim texnologiyalari bilan ishlash (yoki
o‘qitish) butun dunyoda keng yoyilgan. Bu o'qitish uslubi talaban i
(o‘qituvchini ham) izlanishga, darsni faollashtirishga, fíkrlashga va
tafakkurini oshirishga, tadbirlarni tashkil etish asoslarini yaxshi
o'zlashtirish bo‘yicha bilim va ko'nikmalariga ega bo‘lish, mavzu
va vazifani chuqur o'zlashtirishga undaydi. Ayniqsa, innovatsion
texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv
jarayonida qo‘llashga boMgan qiziqish, e’tibor kundan kunga
ko‘chayib bormoqda. Bunday boiishini sabablaridan biri, shu
vaqtgacha an’anaviy ta’limda talabalami faqat tayyor bilimlami
egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ulami
egallayotgan bilimlarini o ‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil
o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib
chiqarishlariga o ‘rgatadi.
Tadbirda qo‘llanilayotgan har bir janr ma’lum bir g‘oyani iigari
surib, insonlar ongiga ta’sir qilishi lozim. Bunda g coyaviy talqin
masalasiga jiddiy e’tibor berish kerak boMadi. Chunki, sahnaga
chiqib aytilgan har bir so‘z tomoshabinga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir
qiladi va natijada u xulosalar chiqara boshlaydi. Bunda tanlangan
asar tarbiyaviy ahamiyati bilan tomoshabinni o‘ylantirishi kerak.
Tomoshabin e’tiboriga havola etilayotgan voqelikdan u to‘g ‘ri
xulosalar chiqarishini ta’minlash -bu bizning zimmamizdagi eng
muhim vazifalardan hisoblanadi. Tomoshabinda «nima bo‘pti»
degan savolga o‘rin qoldirmaslik kerak. G‘oyaviy talqinga nisbatan
to‘g ‘ri yondashish, qo‘yilayotgan, sahnalashtirilayotgan asarning
qimmatini oshiradi
Har qanday sohada tarbiyaviy faoliyat, tarbiyaviy-jarayon
sezilib turishi lozim. Chunki, tarbiyalangan har qanday jamoaning
mehnatlari natijalari samarali bo‘ladi.
0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasida tarbiya haqida shunday
yozilgan:
18
«Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy
sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon;
insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boMgan xususiyatlarga
ega boMishini ta’minlash yo‘lida ko‘riladigan chor-tadbirlar
yig'indisi. Tarbiya - insonning insonligini ta’minlaydigan eng
qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham,
kishilik jamiyati ham mavjud bo‘la olmaydi. Chunki, odam va
jamiyatning mavjudligini
ta’minlaydigan qadriyatlar tarbiya
tufayligina bir avloddan boshqasiga o‘tadi.
Tarbiya har qanday jamiyat va mamlakat hayotida hal qiluvchi
ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning, umuman, jamiyat a’zolarining
tarbiyasi bilan yetarlicha shug‘ullanmagan mamlakat turg'unlik va
inqirozga mahkumdir. Negaki, o‘sishi va rivojlanishi uchun har
qanday jamiyatda ham moddiy va ma’naviy boyliklar ishlab
chiqarish to‘xtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun
yosh avlod moddiy va ma’naviy boyliklar yetishtirishni ajdodlari
darajasida, ulardan ham yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari kerak».
Demak, bundan xulosa shuki, tarbiyaga faqatgina shaxsga
qaratilgan, uning ma’naviy, axloqiy, estetik jihatdan yetuklik
darajasinigina emas, balki uni keng ma’noda ijtimoiy jamiyatning
muhim talabi va asosiy maqsadi sifatida ham qaralishini taqozo
etadi.
Tarbiya jarayoni - shaxsni shakllantirishga maqsadli yo'nal-
tirilgan, tarbiyalovchi va tarbiyalanuvchilar hamkorligi uchun
maxsus tashkil etilgan, boshqariladigan va nazorat qilinadigan,
o‘zining pirovard maqsadi sifatida shaxsni shakllantiradigan
jarayondir.
Tarbiya jarayonining eng asosiy natijasi -h ar tomonlama va
uyg'un kamol topgan yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishdir.
Madaniy tadbirlar ham tarbiya jarayonining muhim bo‘lak-
laridan hisoblanib, asosiy maqsad qilib, barkamol avlod tarbiyasini
birinchi navbatga qo‘yishi lozim. Yuqorida qayd etib o‘tgani-
mizdek, tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy,
ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik
jarayondir yoki boshqacha qilib aytganda insonning jamiyatda
yashashi uchun zarur bo'lgan xususiyatlarga ega boMishini
ta’minlash yo'lidagi chora-tadbirlar yig‘indisi, desak ham bo'ladi.
19
«Tarbiya» atamasi keng va tor ma’nolarda ishlatiladi. Keng
ma’noda tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat
ishlab chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol ishti-
rokini ta’minlashga qaratilgan barcha ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar,
intilishlar yig‘indisini anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya faqat
oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan
tarbiyaviy ishlarni, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi
g ‘oyalari, adabiyot, san’at, kino, radio, televideniye, matbuot va
boshqalarni ham o‘z ichiga oladi. Shuningdek, keng ma’nodagi
tarbiya tushunchasi ichiga ta’lim va ma'lumot olish ham kiradi.
Tor ma’noda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi,
ma’naviy-axloqiy qiyofasi, estetik didi o‘stirilishga yo'naltirilgan
pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila va tarbiyaviy muassasalar
hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradi. Ta’lim va ma’lumot
olish tor ma’nodagi tarbiya ichiga kirmaydi, biroq har qanday
tarbiya ta’lim bilan chambarchas bog'liq holdagina mavjud bo'ladi.
Chunki ta’lim va ma’lumot olish jarayonida shaxsning faqat bilimi
ko'payibgina qolmay, balki axloqiy-ma’naviy sifatlari qaror topishi
ham tezlashadi. Shuning uchun ham «Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani
esa, ta’limdan ajratib bo'lmaydi - bu sharqona qarash sharqona
hayot falsafasi»dir4 Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda,
farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega boMgan,
ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish - ta’lim-
tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi boMishi lozim», — deb
uqtiradi Respublikamizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov.
Demak, tarbiya - shaxsni shakllantirishga maqsadli yo‘nal-
tirilgan, tarbiyalovchi va tarbiyalanuvchilar hamkorligi uchun max-
sus tashkil etilgan, boshqariladigan va nazorat qilinadigan, o'zining
pirovard maqsadi sifatida shaxsni shakllantiradigan jarayondir.
Tarbiya jarayonining eng asosiy natijasi - har tomonlama va
uyg'un kamol topgan yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishdir.
Tarbiya jarayoni - tarbiyaviy ishlar, tadbirlaming doimiy
harakatdagi zanjiridan iborat.
Tadbirlar bo‘yicha so‘z borganda, tarbiyaviy tadbirlar degan
tushunchaga duch kelamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |