B. S. Musayev, U. S. Qosimov



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/17
Sana11.04.2020
Hajmi0,84 Mb.
#43987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
agrokimyo — копия


36
LABORAÒORIYA  –  AMALIY  MASHG‘ULOÒLAR
Agrokimyodan  laboratoriya  mashg‘ulotlarini  o‘tishda
amal  qilinadigan  talablar
Mashg‘ulotning mohiyati. O‘quvchilarni laboratoriyada ishlash
jarayonida  xavfsizlik  choralari  bilan  tanishtirish.
Laboratoriya  ishlari  nazariy  bilimlarni  mustahkamlashda
muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Shu  bilan  bir  qatorda,  laborato-
riyada  ishlash  ma’lum  talablarni  bajarishni  taqozo  etadi:
–  laboratoriya  ishlari  faqat  xalat  kiygan  holda  bajarilishini
unutmang;
– laboratoriya ishlarini har doim o‘zingizga ajratilgan joyda
bajaring;
 – o‘qituvchi yoki laborantlarning ruxsati va kuzatuvisiz elektr
asboblarni  tarmoqqa  ulamang;
–  ammiak,  xlor,  vodorod  sulfid,  kislotalar,  ishqorlar  va
boshqa  oson  bug‘lanadigan  zaharli  moddalardan  faqat  mo‘rili
shkaflarda  foydalaning;
–  laboratoriya  chanog‘iga  (rakovina)  kislotalar  va  boshqa
zaharli  moddalarni,  o‘simlik  qoldiqlari,  tuproq  va  qog‘ozlarni
tashlamang;
– laboratoriyada reaktiv va eritmalarni tatib ko‘rmang, ularni
yaqin  masofadan  hidlamang;
– quruq reaktivlarni chinni qoshiqcha yoki shpatellar bilan,
eritmalarni  esa  pipetkalar  yordamida  oling,  ishlatib  bo‘lgach,
ularni  yuvib,  o‘z  joyiga  qo‘ying;
–  suyultirishda  suvni  kislotaga  emas,  balki  kislotani  suvga
quyish  lozimligini  unutmang;
– moddani gaz yoki spirt alangasida qizdirayotganda, kolba
yoki  probirkalar  og‘zini  yoningizda  ishlayotgan  o‘quvchi  to-
monga  qaratmang;
–  barcha  eritma  yoki  reaktivlarni  og‘zi  zich  yopiladigan,
to‘q  tusli  shishadan  tayyorlangan  idishlarda  saqlang;
– eritmalar solingan idishlarga yorliq (etiketka) yopishtiring
va  unga  eritmaning  nomi  hamda  tayyorlanish  muddatini  yozib
qo‘ying;
– mashg‘ulot tugagandan keyin ish joyingizni tartibga kelti-
ring, xonani shamollating va barcha asbob-anjomlar hamda chi-
roqlarni  o‘chiring.

37
Laboratoriyada  noxush  hodisa  ro‘y  berganda  amal
qilinadigan choralar:
–  qo‘l,  yuz  va  ko‘zga  kislota  sachrasa,  shu  joy  ko‘p  miq-
dordagi  suv  bilan  yuviladi,  natriy  karbonatning  10%  li,  natriy
bikarbonatning  3%  li  yoki  ammiakning  kuchsiz  eritmasi  bilan
yuviladi,  so‘ngra  shu  joyga  kungaboqar,  paxta  yoki  zig‘ir  yog‘i
surkaladi;
–  laboratoriya  ishlarini  bajarish  jarayonida  tana  qismlariga
ishqor sachraganda ham avval mo‘l miqdordagi suv bilan, so‘ngra
sirka  (CH
3
COOH),  limon  (C
6
H
8
O
7
)  yoki  bo‘rat  (H
3
BO
3
)
kislotalarning kuchsiz eritmalari bilan yuviladi va vazelin surtib
bog‘lanadi;
–  laboratoriyada  ishlash  jarayonida  kuyish  sodir  bo‘lsa,
kaliy  permanganat  (KMnO
4
)ning  2%  li  eritmasi  yoki  spirt
bilan  ho‘llangan  paxta  bosiladi  yoki  streptotsid  emulsiyasi
surkaladi;
– shisha idish siniqlari qo‘l yoki tananing boshqa qismini
kesganda, birinchi navbatda shu joy suv bilan yuviladi, qisqich
(pinset)  yordamida  jarohatdagi  siniqlar  terib  tashlanadi,
so‘ngra  kaliy  permanganat  eritmasi  bilan  yuviladi  hamda
3–5%  li  yod  eritmasi  surib,  bint  bilan  bog‘lanadi;
–  ammiak  ta’sirida  zaharlanish  sodir  bo‘lsa,  sirka  kislota
hidlatiladi,  sut  ichiriladi  yoki  limon  bo‘lakchasi  shimdiriladi;
– teriga simob to‘kilsa, shu joyga darhol oltingugurt kukuni
sepiladi,  keyin  temir  (III)-xlorid  eritmasi  bilan  yuviladi.  Brom
tekkan  joy  darhol  benzol  bilan  yuvib  tashlanadi;
– azot oksidlari (NO, NO
2
), vodorod sulfid (H
2
S), xlor (Cl)
va  metan  (CH
4
)  gazlaridan  zaharlanish  ro‘y  berganda,  jabrla-
nuvchi  darhol  ochiq  havoga  olib  chiqiladi.
Barcha  hollarda  birinchi  yordam  ko‘rsatilgandan  keyin
shifokorga  murojaat  qilinishi  shart.
1-LABORAÒORIYA ISHI
O‘simlik  tarkibidagi  gigroskopik  suv  va  quruq  modda
miqdorini aniqlash
Gigroskopik  namlikni  aniqlash.
Òahlilning  mohiyati.  Odatda,  agrokimyoviy  tahlil  natijalari
mutlaq  quruq  moddaga  nisbatan  aniqlanadi,  bunda  o‘simlik

38
namunasi  tarkibidagi  gigroskopik  namlikni  aniqlashni  taqozo
etadi. Òahlil namunani qizdirish asosida tarkibidagi gigroskopik
suvni yo‘qotish va quruq moddani tarozida tortishga asoslangan.
Ishning borishi. Diametri 3,5–5,0 sm bo‘lgan shisha byukslar
olinadi  va  ularning  stakan  shlifi  hamda  qopqog‘iga  bir  xil
raqamlar  qo‘yiladi.  Qopqog‘i  ochiq  holda  termostatda  30–40
daqiqa  quritiladi  va  massasi  aniqlanadi.
2–4  g  atrofida  o‘simlik  namunasi  byukslarga  solinadi  va
analitik  tarozida  massasi  aniqlanadi.  Qopqog‘ini  ochib,  ter-
mostatga  qo‘yiladi  va  100–105°C  haroratda  6  soat  quritiladi,
so‘ngra  qisqich  yordamida  termostatdan  olinadi,  eksikatorda
quritiladi,  tarozida  tortiladi.
Byukslar shu haroratda yana 1,5–2,0 soat quritiladi va massasi
aniqlanadi.  Massalar  orasidagi  farq  sezilar-sezilmas  bo‘lsa,
uchinchi  marta  takrorlashga  hojat  qolmaydi.  Ayrim  mualliflar
17–18  soat  davomida  85–90°C  da,  so‘ngra  1  soat  davomida
105°C  da  quritib,  bir  marta  tortishni  tavsiya  qiladilar.
Gigroskopik  namlik  quyidagi  formula  asosida  hisoblanadi:
G = (a – b) · 100 / b – A;
bunda:  a  –  byuks  va  namunaning  quritishgacha  bo‘lgan
massasi,  g;
b  –  byuks  va  namunaning  quritishdan  keyingi  massasi,  g;
A  –  quruq  byuksning  massasi,  g.
Material  va  asbob-jihozlar:  analitik  tarozi,  termostat,  eksi-
kator, qisqich, 3,5 – 5,0 sm diametrli shisha byukslar, steklograf,
xona  haroratida  quritilgan  o‘simlik  namunalari.
Quruq  modda  miqdorini  aniqlash
Òahlilning mohiyati. O‘simlik mahsulotlari tarkibidagi quruq
modda  miqdorini  aniqlash  muhim  ahamiyatga  ega.  Quruq
modda  miqdorini  aniqlash  uchun  og‘irligi  ma’lum  bo‘lgan
yangi  o‘simlik  materiali  100–105°  C  haroratda,  massasi
o‘zgarmay  qolguncha  quritiladi  va  qayta  tortish  asosida  quruq
modda  miqdori  aniqlanadi.
Ishning borishi. Òoza quruq byuksga 10 g chamasi toza kvars
qum va uchi to‘mtoq shisha tayoqcha solinadi. Byuks qopqog‘i
ochiq  holda  (ichidagilari  bilan  birga),  termostatda  100–105°C
haroratda  30–40  daqiqa  quritiladi  va  eksikatorda  sovitilgach,
texnik  tarozida  0,01  g  aniqlikda  tortiladi.

39
Byuksni  quritish  jarayonida  quruq  moddasi  aniqlanadigan
mahsulotning  namunasi  tayyorlanadi.  Kartoshka  tugunaklari,
karambosh va sabzavotlar o‘q chizig‘i bo‘ylab ikkiga bo‘linadi
va  bir  bo‘lagi  yana  ikkiga  bo‘linadi  hamda  uning  bir  bo‘lagi
mayda  bo‘lakchalarga  ajratiladi.
Olma, nok, behi kabilarning urug‘lari va urug‘joylari, olcha,
gilos  hamda  olxo‘ri  kabilarning  danaklari,  shuningdek,  barcha
meva  va  sabzavotlarning  po‘sti  hamda  pardasi  olib  tashlanadi.
Maydalangan  mahsulotdan  kerakli  miqdorda  olib  (olinadigan
miqdor mahsulotning barcha qismlarini o‘z ichiga olishi kerak),
qaychi, qirg‘ich yoki gomogenizatorda maydalanadi va taxtacha
ustiga  yoyiladi.  Undan  tahminan  5–6  g  namuna  olib,  byuksga
solinadi va shisha tayoqcha yordamida qum bilan aralashtiriladi
hamda  og‘irligi  shu  tarozining  o‘zida  aniqlanadi.  Òermostatda,
qopqog‘ini ochib, 100–105°C haroratda 6 soat quritiladi, vaqti-
vaqti  bilan  byuksdagi  aralashma  shisha  tayoqcha  bilan
aralashtirib  turiladi.  Byuksning  qopqog‘i  yopiladi,  eksikatorda
sovitiladi  va  tarozida  tortiladi.  Byukslar  shu  tahlit  yana  1  soat
quritiladi  va  tortiladi.  Massalar  orasidagi  farq  0,02  g  dan  ortiq
bo‘lsa,  yana  0,5  soat  quritiladi.
Quruq  modda  miqdori  quyidagi  formula  asosida  hisob-
lanadi:
X = (c – a  /  b – a)  ·  100,
bunda:
a  –  idishning  massasi,  g;
b  –  namuna  solingan  idishning  boshlang‘ich  massasi,  g;
c  –  idishning  namuna  bilan  birgalikda  so‘nggi  massasi,  g.
Òahlil natijalari quyidagi shaklga yoziladi:
a
n
a
S a
n
a
S a
n
a
S a
n
a
S a
n
a
S
a
n
u
m
a
N
a
n
u
m
a
N
a
n
u
m
a
N
a
n
u
m
a
N
a
n
u
m
a
N
a
v
i
r
u
t
i
m
a
q
a
r
g
n
i
n
s
k
u
y
B
g
n
i
n
s
k
u
y
B
g
n
i
n
s
k
u
y
B
g
n
i
n
s
k
u
y
B
g
n
i
n
s
k
u
y
B
i
m
a
q
a
r
g
n
i
n
h
s
i
d
I
g
n
i
n
h
s
i
d
I
g
n
i
n
h
s
i
d
I
g
n
i
n
h
s
i
d
I
g
n
i
n
h
s
i
d
I
a
v
a
h
c
q
o
y
a
t
(
n
a
li
b
m
u
q
)
a
g
r
i
b
g
,
i
s
a
s
s
a
m
i
g
n
a
Y
i
g
n
a
Y
i
g
n
a
Y
i
g
n
a
Y
i
g
n
a
Y
l
a
i
r
e
t
a
m
n
a
g
n
il
o
s
g
n
i
n
h
s
i
d
i
a
n
u
m
a
N
a
n
u
m
a
N
a
n
u
m
a
N
a
n
u
m
a
N
a
n
u
m
a
N
n
a
li
b
n
a
g
li
t
i
r
u
q
g
n
i
n
h
s
i
d
i
q
u
r
u
Q
q
u
r
u
Q
q
u
r
u
Q
q
u
r
u
Q
q
u
r
u
Q
a
d
d
o
m
,
i
r
o
d
q
i
m
%
g
,
i
s
a
s
s
a
m
g
,
i
s
a
s
s
a
m
g
,
i
s
a
s
s
a
m
g
,
i
s
a
s
s
a
m
g
,
i
s
a
s
s
a
m
Material  va  asbob-jihozlar:  yangi  o‘simlik  namunalari,  pi-
choq,  qirg‘ich,  gomogenizator,  taxtacha,  byukslar,  kalta  shisha
tayoqchalar, toza kvars qum, termostat, eksikator, texno-analitik
tarozi.

40
O‘g‘itlardan samarali foydalanishda tuproqlarning tarkibi, xu-
susiyatlari  hamda  ularda  sodir  bo‘ladigan  fizikaviy,  fizikaviy-
kimyoviy,  kimyoviy  va  biologik  jarayonlarni  bilish  muhim
ahamiyatga  ega.  Òuproqda  oziq  moddalar  miqdori  ko‘p  bo‘lsa,
o‘g‘itlarga bo‘lgan ehtiyoj sezilarli darajada kamayadi, aks holda
ko‘proq o‘g‘it ishlatish taqozo etiladi. Òuproqqa kiritilgan o‘g‘it-
lar  turli  o‘zgarishlarga  uchraydi,  tarkibidagi  oziq  moddalarning
eruvchanligi, o‘zlashtirilish darajasi va harakatchanligi o‘zgaradi.
O‘g‘itlar  ham  o‘z  navbatida  tuproqlarga  sezilarli  ta’sir
ko‘rsatadi  uni  oziq  moddalarga  boyitadi,  tuproq  eritmasining
reaksiyasini,  mikrobiologik  jarayonlarning  xususiyati  va  jadalli-
gini,  shuningdek,  unumdorlikka  ta’sir  etuvchi  ayrim  omillarni
o‘zgartiradi.
 3.1. Òuproq tarkibi
Òuproqda  o‘zaro  chambarchas  bog‘langan  qattiq,  suyuq  va
gazsimon  fazalar  farqlanadi.
Òuproq  havosi.  Òuproqda  organik  moddalarning  parcha-
lanishi, o‘simliklar ildiz tizimi va mikroorganimzmlarning nafas
olishi  natijasida  karbonat  angidrid  (CO
2
)  hosil  bo‘ladi.  Shu
sababdan atmosfera havosi (0,03%) dan farq qilib, uning miqdori
tuproq  havosida  1%,  ba’zan  2–3%  ga  yetadi.
Òuproqdagi karbonat angidrid miqdori atmosfera va tuproq-
dagi havo almashinuvi (aeratsiya) jadalligiga monand o‘zgaradi.
Karbonat angidridning bir qismi atmosferaga tarqaladi, bir qismi
esa  tuproqda  erib,  karbonat  kislotaga  aylanadi.  Havoga  uchib
chiqadigan  karbonat  angidrid  o‘simliklar  tomonidan  o‘zlash-
tirilib, hosil miqdorini oshirishga xizmat qilsa, karbonat kislota
tuproq  eritmasining  nordonligini  oshiradi.
Atmosferadagi  CO
2
  miqdori  oshganda,  tuproq  eritmasidagi
karbonat  angidrid  miqdori  ham  ko‘payadi.  Òuproqda  CO
2
III  BOB
ÒUPROQLARNING  O‘SIMLIKLARNING  OZIQLANISHI  VA
O‘G‘IT  ISHLATISH  BILAN  BOG‘LIQ  XOSSALARI

41
miqdorining ko‘payishi ham ijobiy, ham salbiy oqibatlarga olib
kelishi  mumkin.  Yaxshi  tomoni  shundaki,  hosil  bo‘ladigan
karbonat  kislota  tuproqdagi  mineral  birikmalarning  eruvchan-
ligini  oshiradi  va  ularni  o‘simlik  oson  o‘zlashtiradigan  shaklga
o‘tkazadi. Ikkinchi tomondan, tuproqda namlik ko‘p, aeratsiya
sust  bo‘lsa,  karbonat  angidrid  miqdorining  ortishidan  o‘simlik
va  mikroorganizmlarning  me’yorida  rivojlanishi  buziladi.
Òuproq eritmasi – tuproqning eng harakatchan va faol qismi
bo‘lib, unda HCO
-
3
, OH
-
, Cl
-
, NO
-
3
, H
2
PO
-
4
 kabi anionlar, H
+
,
Na
+
, K
+
, NH
+
4
, Ca
2+
, Mg
2+
, Al
3+
, Fe
3+
 kabi kationlar va suvda
erigan  organik  moddalar  mavjud.
Bulardan  tashqari  tuproq  eritmasida  kislorod,  karbonat
angidrid,  ammiak  ham  erigan  bo‘ladi.  Òuproq  eritmasi
konsentratsiyasining  ortishi,  asosan,  minerallarning  nurashi  va
parchalanishi, mikroorganizmlar ta’sirida organik moddalarning
minerallashishi hamda o‘g‘itlarni ishlatish asosida sodir bo‘ladi.
O‘simliklarning  oziqlanishi  uchun  tuproq  eritmasida  K
+
,
Ca
2+
, NH
+
4
, NO
-
3
, SO
2+
4, 
H
2
PO
4
 kabi ionlarning bo‘lishi va ular-
ning  muntazam  tiklanishi  muhimdir.  Odatda,  tuproq
eritmasidagi  tuzlar  miqdori  0,05%  atrofida  bo‘lib,  uning  2%
dan  ortib  ketishi  o‘simliklarga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatadi.
Òuproqning qattiq fazasi. Òuproqning qattiq fazasi o‘simliklar
uchun asosiy zaxira moddalarni tutadi. Òuproq qattiq fazasining
90  –  99%  ini  mineral  moddalar,  faqatgina  bir  necha  foizini
organik  moddalar  tashkil  qiladi.
Òuproq  qattiq  fazasining  deyarli  yarmini  O,  uchdan  bir
qismini  Si,  10%  dan  ko‘prog‘ini  Al  va  Fe  tashkil  qiladi,  atigi
7%  ga  yaqini  boshqa  elementlar  hissasiga  to‘g‘ri  keladi
(8-jadval).  C,  H,  O,  P,  S  tuproqning  ham  mineral  va  ham
organik  qismi  tarkibida  uchragani  holda,  N  faqat  organik
moddalar  tarkibiga  kiradi.
Òuproqning  mineral  qismi.  Òuproqning  mineral  qismi  turli
minerallarning  juda  mayda  zarralaridan  iborat.  Hosil  bo‘lishiga
ko‘ra  birlamchi  va  ikkilamchi  tuproq  minerallari  farqlanadi.
Birlamchi  minerallarga  kvars,  dala  shpatlari,  slyudalar,  shox
aldamasi va piroksinlar kiradi. Ular tog‘ jinslarining yemirilishi
va  nurashi  natijasida  tuproq  hosil  qiluvchi  ona  jins  tarkibiga
o‘tadi.
Bu  minerallar  tuproqlarda,  asosan,  qum  (0,05–1,0  mm),
chang  (0,001–0,5  mm),  qisman  il  (0,001  mm  dan  kichik)  va

42
kolloid  (0,25  mkm  dan  kichik)  zarralar  holida  uchraydi.
Kimyoviy  jarayonlar  va  mikroorganizmlarning  hayot  faoliyati
natijasida  birlamchi  minerallardan  kaolinit,  montmorillonit,
gidroslyuda  kabi  ikkilamchi  minerallar  hosil  bo‘ladi.
Òuproqlarda  kremniy-kislorodli  birikmalardan  kvars  (SiO
2
)
keng  tarqalgan.  U,  asosan,  qum  va  chang  holatida  qisman  il
va  kolloidlar  holatida  uchraydi.  Deyarli  barcha  tuproqlarga
kvarsning  miqdori  60%  dan  ko‘proq,  qumli  tuproqlarda  esa
t
n
e
m
e
l
E
t
n
e
m
e
l
E
t
n
e
m
e
l
E
t
n
e
m
e
l
E
t
n
e
m
e
l
E
%
%
%
%
%
t
n
e
m
e
l
E
t
n
e
m
e
l
E
t
n
e
m
e
l
E
t
n
e
m
e
l
E
t
n
e
m
e
l
E
%
%
%
%
%
t
n
e
m
e
l
E
t
n
e
m
e
l
E
t
n
e
m
e
l
E
t
n
e
m
e
l
E
t
n
e
m
e
l
E
%
%
%
%
%
..
d
o
r
o
l
s
i
K
9
4
y
i
r
a
B
5
0
,
0
..
..
.
y
il
l
a
G
0
1
(
3
–
)
..
y
i
n
m
e
r
K
0
,
3
3
y
i
s
n
o
r
t
S
3
0
,
0
..
.
y
a
l
a
Q
0
1
(
3
—
)
..
y
i
n
i
m
u
l
A
1
,
7
y
i
n
o
k
r
i
S
3
0
,
0
..
..
..
tl
a
b
o
K
8⋅ 0
1
4
—
..
..
..
.
r
i
m
e
Ò
7
,
3
..
.
r
o
t
F
2
0
,
0
..
..
..
..
.
y
i
r
o
Ò
6⋅ 0
1
4
–
..
..
.
d
o
r
e
l
g
U
0
,
2
..
..
.
m
o
r
X
2
0
,
0
..
..
..
k
a
y
h
s
i
M
5⋅ 0
1
4
–
..
..
.
y
i
s
l
a
K
3
,
1
..
..
.
r
o
l
X
1
0
,
0
..
..
..
..
..
.
d
o
Y
5⋅ 0
1
4
–
..
..
..
..
y
il
a
K
3
,
1
..
y
i
d
a
n
a
V
1
0
,
0
..
..
..
..
..
.
y
i
z
e
S
5 ⋅ 0
1
4
–
..
..
..
y
i
r
t
a
N
6
,
0
..
y
i
d
i
b
u
R
0
1
6
3
–
..
..
.
n
e
d
b
il
o
M
3 ⋅ 0
1
4
–
..
..
.
y
i
n
g
a
M
6
,
0
..
..
..
.
x
u
R
0
1
5
3
–
..
..
..
..
..
.
n
a
r
U
1 ⋅ 0
1
4
–
..
..
.
d
o
r
o
d
o
V
)
5
,
0
(
..
..
y
i
r
e
S
0
1
5
3
—
..
..
..
.
y
il
li
r
e
B
0
1
4
–
..
..
..
.
n
a
ti
Ò
6
4
,
0
..
l
e
k
i
N
0
1
4
3
–
..
..
y
i
n
a
m
r
e
G
0
1
4
–
..
..
..
..
..
.t
o
z
A
0
1
,
0
..
..
..
y
it
i
L
0
1
3
3
–
..
..
..
.
y
i
m
d
a
K
0
1
5
–
..
..
r
o
f
s
o
F
8
0
,
0
..
..
..
.
s
i
M
0
1
2
3
–
..
..
..
..
..
n
e
l
e
S
1⋅ 0
1
6
–
t
r
u
g
u
g
n
it
l
O
8
0
,
0
..
..
..
.
r
‘
o
B
0
1
1
3
–
..
..
..
..
b
o
m
i
S
0
1
6
–
..
.
s
e
n
a
g
r
a
M
8
0
,
0
n
i
h
s
o
‘
g
r
‘
o
Q
0
1
1
3
–
..
..
..
..
..
y
i
d
a
R
8⋅ 0
1
1
1
–
8-jadval
Òuproq qattiq fazasining kimyoviy tarkibi
(A.P. Vinogradov, 1950)
Izoh: qavs ichida shartli zarur oziq elementlar miqdori ko‘rsatilgan.

43
90%  gacha  yetadi.  Kvars  barqaror  birikma  bo‘lib,  kimyoviy
jihatdan  intert,  tuproqdagi  kimyoviy  jarayonlarda  ishtirok  et-
maydi.
Aluminiy  –  kremniy  –  kislorodli  birikmalar  birlamchi  va
ikkilamchi  minerallar  shaklida  uchrashi  mumkin.  Birlamchi
aluminiyli  silikatlardan  dala  shpatlari  keng  tarqalgan.  Slyudalar
va  biotit  ko‘proq  uchraydi.
Shox aldamalari va piroksinlar uncha keng tarqalmagan. Dala
shpatlari va slyudalarning asta-sekin parchalanishidan o‘simliklar

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish