OZBEKISÒON RESPUBLIKASI OLIY VA ORÒA MAXSUS
ÒALIM VAZIRLIGI
ORÒA MAXSUS, KASB-HUNAR ÒALIMI MARKAZI
Cholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi
Toshkent 2016
Kasb-hunar kollejlari uchun oquv qollanma
Ikkinch nashri
B.S. MUSAYEV, U.S. QOSIMOV
AGROKIMYO
2
Òaqrizchilar:
S. S. Siddiqov qishloq xojaligi fanlari nomzodi,
Z. Sh. Asqarova qishloq xojaligi fanlari nomzodi,
A. Q. Qayumov Òoshkent agrotijorat kasb-hunar
kollejining 1-toifali oqituvchisi.
Cholpon nomidagi NMIU, 2007
Cholpon nomidagi NMIU, 2016
Mazkur oquv qollanmada agrokimyoga oid bilimlar rivojlanishining
qisqacha tarixi, osimliklar oziqlanishining nazariy asoslari, ogitlardan
oqilona foydalanishda hisobga olinadigan tuproq xossalari, mineral va
mahalliy ogitlarning tarkibi, xossalari hamda ularning tuproq bilan ozaro
tasiri bayon qilingan; agrokimyo fanining tadqiqot usullari va tajriba ishlari
uslubiyati yoritilgan; ogit ishlatish bilan bogliq ekologik muammolar va
laboratoriya hamda amaliy mashgulotlar berilgan.
Ushbu oquv qollanma kasb-hunar kollejlarining Agronomiya va
Fermer xojaligini boshqarish talim yonalishlari boyicha oqiyotgan
talabalarga moljallangan bolib, undan shu sohaga qiziquvchi kitobxonlar
ham foydalanishlari mumkin.
ISBN 978-9943-05-877-4
Oliy va orta maxsus, kasb-hunar talimi
oquv metodik birlashmalar faoliyatini
muvofiqlashtiruvchi Kengash nashrga tavsiya etgan
UOK 631:54(075)
ÊBK 40.4ya722
M 79
Musayev B.S.
Agrokimyo [matn]: Kasb-hunar kollejlari uchun oquv qoll./
B.S. Musayev, U.S. Qosimov; Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta
maxsus talim vazirligi orta maxsus, kasb-hunar talimi markazi.
T.: Cholpon nomidagi NMIU, 2016 176 b.
ISBN 978-9943-05-877-4
I. Qosimov U.S.
M 79
UOK 631:54(075)
ÊBK 40.4ya722
3
KIRISH
Ogitlar qishloq xojalik ekinlari hosildorligini oshirishda
asosiy vosita bolib, osimlikshunoslikni rivojlantirish va
takomillashtirishning iqtisodiy jihatdan arzon hamda samarali
vositasi.
Ogitlarning samaradorligiga tuproq-iqlim sharoitlari,
osimliklarning biologik xususiyatlari, agrotexnik tadbirlar sezilarli
tasir korsatadi. Ogitlardan samarali foydalanishni tashkil etish
agrokimyo fanining asosiy maqsadi hisoblanadi. Qishloq
xojalik mahsulotlariga bolgan talabning kuchayishi zamonaviy
agronomiya fanlari ichida markaziy orinni egallaydigan ag-
rokimyo fanini jadal suratlar bilan rivojlantirishni taqozo et-
moqda.
Agrokimyo qishloq xojalik ekinlarini yetishtirishda hayo-
timizga tobora chuqur kirib borayotgan zamonaviy texno-
logiyalarda osimliklar uchun zarur hayotiy omillarni muvofiq-
lashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ogitlar samaradorligi, odatda, ekinlardan olinadigan qo-
shimcha hosil miqdori bilan belgilanadi. Ilmiy izlanishlarning
malumotlariga kora, 1 ts mineral ogit hisobiga 1013 ts/ga
don, 68 ts/ga chigitli paxta, 5075 ts/ga kartoshka, 3032 ts/ga
uzum yetishtirish mumkin. Ayniqsa, sugoriladigan maydonlarda
ogitlar yuqori samara beradi.
Ekinlardan olinadigan hosilning qariyb yarmi (bazi hollarda
6070%) mineral ogitlar hisobiga olinadi. Aksariyat ekinlarda
ogit ishlatish bilan bogliq 1 somlik sarf-xarajat hosil bilan
23 som bolib qaytadi, gozani ogitlashda esa bu korsatkich
89 somni tashkil etadi.
Ogitlardan olinadigan iqtisodiy samara tuproq-iqlim sha-
roitlari, ogitlash meyori, muddati va dehqonchilik madaniyati
bilan uzviy bogliq.
Jahonda ogit ishlab chiqarish va ishlatish yildan yilga ortib
bormoqda. Hozirgi kunda dunyo boyicha yiliga 300 million tonna
4
dan koproq mineral ogit ishlatilmoqda. Yevropaning rivojlan-
gan mamlakatlarida kishi boshiga togri keladigan ogit miqdori
rivojlanayotgan davlatlardagidan 56 marta kopdir.
Qishloq xojaligini imkon qadar mexanizatsiyalash, elektr-
lashtirish, kimyolashtirish va melioratsiyalash asosida jadal
rivojlantirish respublikamiz agrar siyosatining asosi hisoblanadi.
Mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab ogitlar ishlab
chiqarishni kopaytirish va ular assortimentini yaxshilashga,
qishloq xojaligini zarur mineral ogitlar, osimliklarni himoya
qilish vositalari bilan taminlashni nafaqat tubdan ozgartirish,
balki ularni ishlatish madaniyatini yuksaltirishga jiddiy etibor
berildi va hozirgi kunda ham bu masalaga respublika hukumati
tomonidan jiddiy etibor qaratilmoqda.
1996-yilning 7-avgustida Ozbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining «Qishloq xojalik ishlab chiqarishida agrokimyo
xizmati korsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari togri-
sida»gi qarori ham dehqonchilikni kimyolashtirishni kuchay-
tirishda muhim qadam boldi.
Hozirgi kunda respublikamizda 6 ta ogit zavodi (Chirchiq,
Olmaliq, Navoiy, Samarqand, Fargona, Qoqon) faoliyat korsat-
moqda. Ogit ishlab chiqarish va ishlatishning toxtovsiz ortib
borayotganligi munosabati bilan ularning samaradorligini oshirish
kimyo sanoati va qishloq xojaligining birinchi navbatdagi vazifasi
bolib qoldi. Ogit ishlab chiqarishning osishi, asosan, yuqori
konsentratsiyali va kompleks ogitlar hisobiga amalga oshiril-
moqda. Bunday ogitlar ishlab chiqarilayotgan ogitlar yalpi
miqdorining asosiy qismini tashkil qiladi, qaysiki, ogitlarning
fizik massasini kamaytirishga, ularni tashish, saqlash va tuproqqa
kiritishga sarflanadigan mehnatni tejashga imkon beradi.
Mineral ogitlarning fizikaviy-mexanikaviy xossalarini yaxshi-
lash muhim ahamiyatga ega. Granulalangan, donador va bir
olchamli ogitlarni saqlash hamda tuproqqa kiritish malum
afzalliklarga ega. Respublikamizda qishloq xojaligini kimyo-
lashtirishning moddiy-texnika bazasini yaxshilashga doir (om-
borlar qurish, ularni mashina va mexanizmlar bilan taminlash
hamda boshqalar) zarur chora-tadbirlar qollanilmoqda. Bu hol
ogitlarni zavoddan dalaga qadar bolgan yolda isrof bolishini
keskin kamaytirish, ulardan oz vaqtida va samarali foydalanish
uchun shart-sharoitlar yaratadi.
5
1.1. Fanning maqsadi va vazifalari
Agrokimyo ekinlardan mol va sifatli hosil yetishtirishda
ogit, tuproq hamda osimlik ortasidagi munosabatlarni orga-
nadigan fan. Fanning asosiy maqsadi ogitlarning xususiyatlari
va tuproq bilan ozaro tasirini hisobga olgan holda muayyan
tuproq-iqlim sharoitlari uchun ogit ishlatishning eng samarali
meyor, usul va muddatlarini belgilashdir.
Osimliklarning oziqlanish jarayonida moddalar almashinuvi
va tuproqdagi oziq moddalar dinamikasini organish, hosil
miqdori, mahsulot sifati va tuproq unumdorligini oshirishda
ogitlardan oqilona foydalanishni tashkil etish fanning asosiy
vazifalari jumlasiga kiradi.
«Pryanishnikov uchburchagi» fanning mohiyatini sodda, ra-
von va korgazmali ifodalashga yordam beradi (1-rasm). Unda
uchburchakning uchlariga tuproq, ogit va osimlik joylash-
tirilgan, obyektlarning aloqadorligini korsatish uchun ular ozaro
qarama-qarshi yonaltirilgan oqchiziqlar yordamida tutash-
tirilgan.
I BOB
AGROKIMYONING MAQSADI, VAZIFALARI,
USLUBIYAÒI VA ÒARIXI
1-rasm. «Pryanishnikov uchburchagi».
Osimlik
Ogit
Tuproq
Agrokimyoda osimlik va ogitlar ortasidagi munosabatga
asosiy etibor qaratiladi. Òuproq osimlikni oziq moddalar bilan
taminlasa, osimlik oz navbatida ildiz ajratmalari bilan tuproqqa
tasir korsatadi.
Oziqlanish jarayonida tuproq va ogit ortasidagi munosabat
yanada yaqqol namoyon boladi: ogit solingan tuproqlar
6
tarkibida oziq moddalar miqdori ortadi, agrokimyoviy va
agrofizikaviy xossalari yaxshilanadi, tuproq esa oz navbatida
ogitlarning eruvchanligiga u yoki bu darajada tasir qiladi.
Osimliklarning oziqlanishi va ogitlar samaradorligiga oziq
moddalarning tuproq profili boylab siljishi, havoga uchishi,
shamol va suv eroziyalari tasirida yoqolishi kuchli tasir
korsatadi. Ayrim elementlarning atmosferadan tuproqqa kelib
tushishi yoki mikroorganizmlar tomonidan ozlashtirilishi ham
bu jarayonni u yoki bu tomonga siljitishi mumkin.
Agrokimyo tabiiy fanlardan bolib, uning taraqqiyoti bevosita
qator nazariy va amaliy fanlar bilan bogliq. Ogitlar bevosita
tuproqqa solinishi sababli agrokimyogar birinchi navbatda
tuproqshunoslik fanini, xususan, tuproqning kelib chiqishi,
tarqalishi, tiplari, xossalari va unumdorligi kabi masalalarni
mukammal bilishi kerak.
Agrokimyoning dehqonchilik va osimliklarni himoya qilish
fanlari bilan bogliqligi ogitlarning ishlov beriladigan hamda
sugoriladigan tuproqlarda, begona ot, zararkunanda va kasallik-
larga qarshi tadbirlar togri yolga qoyilgan sharoitda yaxshi
samara berishida namoyon boladi.
Agrokimyo va osimliklar fiziologiyasi fanlari organish
sohalari ortasidagi chegarani ilgash qiyin, chunki bu ikki fan
oziqlanish jarayonining ikki tomonini mineral va havodan
oziqlanishni organadi.
Osimliklarning biologik xususiyatlarini bilish, agrotexnik
tadbirlar majmuyiga amal qilish, osuv davrlarini hisobga olgan
holda ogit ishlatish, agrokimyo fanini osimlikshunoslik fani
bilan boglaydi.
Òuproqqa solinadigan ogitlarning parchalanishi, mineral-
lashishi, muqimlanishi yoki safarbar holatga otishi kop jihatdan
tuproq mikroorganizmlarining faoliyatiga bogliq, binobarin,
agrokimyoni mikrobiologiyasiz tasavvur qilish qiyin.
Malumki, ogitlar hosildor, oziq moddalarga talabchan
hamda tezpishar ekin navlariga ishlatilganda yaxshi samara
beradi.
Demak, agrokimyogar zamonaviy genetika, seleksiya va
urugchilik fanlari yutuqlaridan xabardor bolishi kerak.
Shuningdek, agrokimyogar chorvachilik, iqtisodiyot, mate-
matika, kimyo, fizika va boshqa fanlarning yutuqlaridan keng
foydalanadi.
7
1.2. Agrokimyo fani rivojlanishining
qisqacha tarixi
Òuproq unumdorligi va osimliklarning oziqlanishi haqidagi
fikrlarning paydo bolishi. Malumki, ajdodlarimiz qadimdan
ekinlardan koproq hosil olish va tuproq unumdorligini oshirish
uchun turli-tuman vositalarni ishlatganlar.
Masalan, qadimgi rimliklar tuproqqa gongdan tashqari kul,
gips, ohak kabi mineral moddalarni solish yaxshi samara
berishini, ayrim ekinlar kok massasini maydalab, tuproq bilan
aralashtirish, keyingi ekin hosildorligining oshirishini, mek-
sikalik hindular baliq qoldiqlari va suyaklarini maydalab tup-
roqqa solish makkajoxori hosildorligiga ijobiy tasir korsa-
tishini yaxshi bilganlar.
Lekin tabiiyki, ular ushbu tadbirlarning ijobiy tasirini
nazariy jihatdan tushuntirib berolmaganlar.
Vaqt otishi bilan tuproq unumdorligini oshirish borasidagi
tadbirlar olim va tarixchilarning asarlarida oz ifodasini topa
boshlagan. Masalan, miloddan avvalgi II asrda rimlik Katon
ozining «Dehqonchilik» asarida «Òuproq unumdorligi nima?»
degan savolga «Yerni yumshatish, yumshatish va gonglash» deb
javob bergan.
Kolumella va Gesiodlarning asarlarida ogitlashga jiddiy
etibor berilgan, ular yerga kul hamda eski devor tuproqlarni
solish ekinlar hosildorligiga ijobiy tasir korsatishini takid-
laganlar.
Eramizdan avvalgi IVIII asrlarda yashagan buyuk yunon
mutaffakiri Arastu osimliklar oziq moddalarni tuproqdan ildizlari
yordamida ozlashtiradi degan xulosaga kelgan bolsa, uning
shogirdi Feofrast osimliklar yashil barglari orqali oziqlanadi,
ildizlar esa, ularni substratda tutib turish uchun xizmat qiladi
degan goyani ilgari surgan. Mazkur ikki tahmin (gipoteza)
keyinchalik osimliklarning ildiz (mineral)dan va havodan
(fotosintez) oziqlanishi haqidagi goyalarning rivojlanishiga asos
bolgan.
Qadimgi faylasuflar suv, yer, havo va olov (harorat va yorug-
lik) osimliklarning asosiy hayotiy omillari bolib, tuproq
unumdorligida muhim ahamiyatga ega deb hisoblaganlar.
Cherkovning reaksion tasiri orta asrlarda Yevropada osim-
liklar oziqlanishini organish imkonini bermadi.
8
Agrokimyoning nazariy asoslarining yaratilishi. Uygonish
davridan boshlab osimliklarning oziqlanishiga oid ijobiy fikrlar
paydo bola boshladi.
1563-yilda B.Palissi oz asarida «Hosil bilan tuproqdan
tuzlarning chiqib ketishi natijasida hosildorlik pasayadi,
uning oldini olish uchun tuproqni ogitlash, biron yil dam
berish, hech bolmasa, galla somonlarini dalaning ozida
yoqib yuborish lozim» degan xulosaga keldi. Osimliklar-
ning tuz bilan oziqlanishiga oid bu fikr zamonasida tan olin-
madi, uning togriligi faqat oradan uch yuz yil otgach
isbotlandi.
Van-Gelmont tol niholini yomgir suvi bilan sugorib tajriba
otkazdi va osimliklarning oziqlanishi uchun suvning ozi
yetarlidir degan xulosaga keldi. Notogri xulosaga asoslangan
bu nazariya deyarli bir yarim asr davomida oz kuchini saqlab
turdi.
1650-yilda nemis kimyogari Glauber tajribalar asosida hayvon
axlati tarkibida tuzlar uchrashini, chorva mollari uni osim-
liklardan, ular esa tuproqdan olishini isbotladi va osimliklarning
«selitra bilan oziqlanishi» nazariyasini ilgari surdi.
Osimliklarning havodan oziqlanishi togrisidagi ilk fikr
1756-yilda M.Lomonosov tomonidan ilgari surildi va u J.Pristli,
A.Lauazye, Y.Ingenxauz, J.Senebe, N.Ò.Sossyurlar tomonidan
rivojlantirildi.
XVIII asrda osimliklarning mineral oziqlanishiga doir togri
fikrlar paydo bola boshladi (J.Vudvort, Dyugamel, Ryukkert va
boshqalar).
Vallerius 1761-yilda osimlik ildizi organik moddalarni
togridan-togri ozlashtiradi degan fikri bilan osimliklarning
«gumus bilan oziqlanishi» haqidagi goyaga asos soldi. Bu goya
Òeyer tomonidan rivojlantirildi. Lekin keyingi tadqiqotlar bu
goyaning notogriligini isbotladi.
J. Bussengo 18361838-yillarda ozi tashkil etgan agrokimyo
stansiyasida otkazgan tadqiqotlari asosida gumus nazariyasi
orniga osimliklarning «azot bilan oziqlanishi» nazariyasini ilgari
surdi. Òadqiqotlar asosida azot osimliklar hayotida birinchi
darajali oziq elementi ekanligi isbotlandi.
1840-yilda nemis kimyogari Y. Libix «Kimyoning
dehqonchilik va fiziologiyaga tatbigi» nomli kitobida osimlik-
larning mineral oziqlanishi nazariyasini asosladi. U yakka
9
ziroatchilik sharoitida tuproq unumdorligining pasayib borishi
sabablarini aniqlab, ekinlar hosildorligini oshirish uchun
tuproqqa mineral ogitlar solish lozimligini takidladi.
Libixning tavsiyasi asosida J. Looz Rotamsted stansiyasida
(1843) birinchi suniy mineral ogit superfosfatni oldi.
1857-yilda Saksoniyaning Stasfurt shahri yaqinidan kaliy tuzlari
koni topildi va 1861-yilda ogit zavodi ishga tushdi. F. Gaber
ammiak sintezini amalga oshirgach, K. Bush (1916) birinchi
sintetik ammiak zavodini ishga tushirdi.
1859-yilda Knop va Sakslar ozlaridan avval bajarilgan ishlarni
tahlil qilib, osimliklarning meyorida osib-rivojlanishini ta-
minlaydigan oziq aralashmani yaratdilar va suniy oziqlantirish
sharoitlarida ham ekinlardan hosil olish mumkinligini asos-
ladilar.
Fan rivojiga A. Bolotov, M. Afonin, I. Komov, A. Poshman
va G. Pavlov kabi rus olimlari katta hissa qoshdilar.
Agrokimyoning rivojlanishiga taniqli olim D. Mendeleyev
ham salmoqli hissa qoshdi. U birinchi bolib yaxlit dasturga
asoslangan geografiyaviy tarmoq dala tajribalarini otkazdi
(18671869), ogit bilan bir qatorda tuproq va hosil sifatini
ham chuqur tahlil qildi. Òajriba natijalari albatta statistik tahlil
qilinishi lozimligini takidladi.
Agrokimyoning nazariy asoslarini yaratishda K.A. Òimirya-
zevning fotosintez va osimliklarning mineral oziqlanishiga doir
mumtoz ishlari katta ahamiyatga ega. Uning loyihasi asosida
qurilgan (1872- va 1876-yillar) «vegetatsiya uychalari»dan hozirgi
kunda ham osimliklarning oziqlanishiga oid tadqiqotlarni olib
borishda foydalanilmoqda.
D.N. Pryanishnikov osimliklarda azot moddalari almashi-
nuviga oid muammolarni, xususan osimliklarning ammiak va
nitrat shakldagi azotga munosabatini organdi, Ozbekiston tup-
roqlarida ham mineral ogitlar yaxshi samara berishini isbotladi,
uning «Agroximiya» darsligi bir necha bor qayta nashr etildi.
P. Kossovich, K. Gedroys, I. Shulov, D. Sabinin, A. Shmuk,
P. Smirnov, E. Muravin, A. Peterburgskiy, B. Yagodin kabi
tadqiqotchilar ham agrokimyoning rivojiga munosib hissa qosh-
dilar.
Ozbekistonda agrokimyo fanining yuksalish bosqichlari.
Markaziy Osiyo qadimiy dehqonchilik markazlaridan biri bolib,
bu yerda eramizdan avvalgi VIV ming yilliklardan boshlab
10
sugorish, murakkab ish qurollaridan foydalanish, tuproqqa
mahalliy ogitlar solish asosida dehqonchilik yuritilgan. Gong-
dan foydalanish natijasida qadimiy sugoriladigan tuproqlar
tarkibida gumus miqdori kopayib, unumdorligi oshib borgan.
Òaxminan XV asrda yozilgan «Ziroatnoma» («Fani kishtu
ziroa»)da dehqonchilikka oid ming yillik malumotlar umum-
lashtirilgan. Asarda mahalliy ogitlar ekinlar hosildorligini oshi-
rishda muhim vosita bolishi, qoy va echki gonglarining ot
gongidan afzalligi, chochqa gongi tuproqqa kiritilsa, turli
illatlar yuzaga kelishi takidlangan.
Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad
Beruniyning mashhur «Kitob-ul jamohir fi marifatil javohir»
asari ona jins va tuproq xossalarini (jumladan, unumdorligini)
organish boyicha saqlanib qolgan asosiy qollanmadir.
Òurkiston qadimiy dehqonchilik tarixiga ega bolsa-da,
ogitlardan foydalanish, tuproq va uning xossalariga oid yozma
malumotlar kam organilgan va bu borada chuqur izlanishlar
olib borilishi lozim.
Òurkistonga mineral ogitlar 1906-yilda keltirilgan va ular
ustida dastlabki tadqiqotlar R. Shreder, M. Bushuyev va
I. Negodnovlar tomonidan amalga oshirilgan.
Qovunchidagi ogit ishlatish stansiyasida A. Kurbatov,
D. Sabinin, Y. Jorikov, B. Machigin, V. Mandrigin, I. Chernov
kabi taniqli tadqiqotchilar otkazgan tadqiqotlar asosida boz
tuproqlarda ham mineral ogitlar ijobiy natija berishi
isbotlangan.
Ozbekistonda agrokimyo fanining rivojlanishida 1920-yilda
Orta Osiyo Davlat universiteti qoshida tashkil etilgan
Òuproqshunoslik instituti va 19291930-yillarda ochilgan ogit
boyicha ilmiy-tadqiqot instituti hamda Paxtachilik ilmiy-
tadqiqot institutlari oziga xos orin tutadi.
Dehqonchilik uchun malakali mutaxassislar tayyorlash va
agrokimyo fanini yuksaltirishda Òoshkent Davlat agrar univer-
siteti, Samarqand va Andijon qishloq xojalik institutlari alohida
orin tutadi.
Ushbu oliy oquv yurtlarining kafedra va laboratoriyalarida
S. Kudrin, B. Machigin, P. Protasov, M. Kaziyev, I. Niyozaliyev,
Ò. Piroxunov, B. Isayev, V. Kan, Y. Stolipin, F. Xoshimov, K.
Mominov kabi taniqli agrokimyogar-olimlar faoliyat kor-
satdilar.
11
D. Pryanishnikov ozining Samarqanddagi faoliyati davrida
Markaziy Osiyoda almashlab ekish tizimiga qandlavlagining
kiritilishi tuproq unumdorligini oshirish, aholini qand va
chorva mollarini toyimli ozuqa bilan taminlashda muhim orin
tutishini isbotladi.
1949-yilda Òoshkent Davlat universiteti tarkibida ochil-
gan agrokimyo kafedrasida S. Rijov, N. Malinkin, J. Sattorov,
G. Kamenir-Bichkov, K. Saakyans kabi olimlar paxtachilikning
qator muammolarini hal qilishga munosib hissa qoshdilar.
Shuningdek, hozirgi kunda Respublikamizdagi aksariyat univer-
sitet va institutlar tarkibidagi Agrokimyo va tuproqshunoslik
kafedralarida keng qamrovli tadqiqotlar olib borilmoqda.
M. Belousov, I. Madrayimov, P. Protasov va boshqa tadqi-
qotchilarning izlanishlari asosida otgan asrning 60-yillarida boz
tuproqlar mintaqasida kaliyli ogitlar muhim orin tutishi isbot-
landi va ularni ishlatishning ilmiy asoslari yaratildi.
Hozirgi kunda respublikamizdagi sabzavotchilik, gallachilik,
ormonchilik va bogdorchilikka ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot
institutlarida sabzavot, kartoshka, donli ekinlar, mevali va man-
zarali daraxtlarni ogitlash masalalari keng organilmoqda.
Nazorat savollari
1. Agrokimyoning maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
2. Osimliklarning oziqlanishiga oid ilk taxminlar kimlar tomonidan yaratilgan?
3. Osimliklarning tuz, selitra, suv, havo, gumus bilan oziqlanishiga oid nazariyalar
kimlar tomonidan ishlab chiqilgan?
4. Agrokimyo fanining asoschisi kim va uning xizmati nimada?
5. Fan taraqqiyotiga katta hissa qoshgan rossiyalik va ozbekistonlik olimlardan kimlarni
bilasiz?
12
2.1. Osimliklarning mineral kimyoviy tarkibi
Osimliklar kimyoviy jihatdan nihoyatda murakkab tuzilgan
bolib, ularning tanasi suv va quruq moddalardan tarkib topgan
(1-jadval).
1-jadval
Ayrim ekinlar tarkibidagi suv va quruq moddalar miqdori, %.
(A.V. Peterburgskiy, 1975)
II BOB
OSIMLIKLARNING KIMYOVIY ÒARKIBI VA
Do'stlaringiz bilan baham: |