LUGʻZ aynan chiston.
M
MAISHIY [ar. hayotiy, hayot, turmushga oid) Maishatga, tirikchilikka oid. Maishiy ertak.
MAJOZ (ar. ko‘chma ma’nodagi so‘z) aynan allegoriya.
MAQOL (ar. – «qavolla» so’zidan olingan va «aytmoq, so’zlamoq» ma’nolarini anglatadi. maqola, kichik asar; so‘z, nutq) masal, matal, zarbulmasal, naql, hikmat, foyda, hikmatli so’z, tanbeh, mashoyixlar so’zi, donolar yoki donishmandlar so’zi, oqinlar so’zi va otalar so’zi atamalari bilan el orasida yurgan bu janr xalq orasida «qavlida sobit» yoki «qavlida tutruqsiz» iboralari bor: birinchisida «so’zida qat’iyatli, bir so’zli» ma’nolari anglashilsa, ikkinchisida «so’zida turmaydigan, o’z so’zi ustidan chiqa olmaydigan, so’zi bilan ishi bir bo’lmagan» ma’nolari ifodalangan. Binobarin, «maqol» so’zi o’zbek tilida ikki mahnoda, avvalo, o’z lug’aviy mahnosida «so’z, nutq»ni anglatsa, ikkinchidan, istilohiy ma’noda folklorda keng tarqalgan janrni ifoda etadi Hayotiy tajriba asosida xalq to-monidan yaratilgan, odatda pand-nasihat mazmuniga ega bo‘lgan ixcham, obrazli, tugal ma’noli va hikmatli ibora, gap. Tekinning minnati ko‘p, mehnatiing ziynati ko‘p. (O‘zbek xalq maqoli)
MASAL (ar. o‘xshamoq) So‘z san’atidagi eng ko‘hna va qadimdan keng ommalashgan janr. Nasriy yoki she’riy yo‘lda yoziladigan mo‘jaz hikoya. Tarbiyaviy maqsadning ustuvorligi va oshkor didaktiklik xususiyatga egaligi tufayli masalga didaktik adabiyot janri sifatida qaraladi. Masalning qurilishi uning didaktik xarakteriga mos: avval mo‘jaz hikoyacha beriladi, so‘ng qissadan hissa shaklidagi xulosa bilan uning majoziy ma’nosi ta’kidlab ko‘rsatiladi. Yozma adabiyotda ham masal janrida ko‘plab go‘zal asarlar yaratilgan. Jumladan, fransuz adibi J. Lafonten, nemis adibi Lessing, rus masalchisi I. Krilovning masallari dunyoga mashhur.O‘zbek adabiyotida Gulxaniyning “Zarbulmasal”i masallar asosiga qurilgan. Undagi “Tuya bilan bo‘taloq”, “Toshbaqa va Chayon”, “Maymun bilan Najjor” masallari ancha mashhur.
MASHOYIX [ar. “shayx” so‘zining ko‘pligi: keksalar, shayxlar) Hikmatli so‘zlarni aytib o‘tgan ulug‘ ota-bobolar. Axir, qish qishligini qilmasa, yer to‘yarmidi; yer to‘ymasa, el to‘ymas. Qarang, mashoyixlar qanday topib aytganlar. N. Safarov
MASNAVIY (ar. ikkilik) Ikkita o‘zaro qofiyalangan misradan tarkib topuvchi band turi, shunday bandlardan tarkib topuvchi she’riy asar; she’r shakli. Misralarning o‘zaro qofiyalanishi (aa, bb, cc, dd kabi) masnaviyni voqealar bayoni uchun juda qulay shaklga aylantiradi. Shuning uchun ham Sharq adabiyotida voqeaband she’r va dostonlar asosan masnaviy shaklida yaratilgan bo‘lib, ular birdek masnaviy deb yuritilavergan. Mas. Sh.Munisning “Savodi ta’lim” risolasi ham masnaviy shaklda bitilgan:
"Nun" olti nuqatdur, ey qarindosh,
Ikki oyoq, ikki tan, ikki bosh.
Uch nuqtadur ikki lab arosi,
Ul nav'ki umqining binosi
"Qof" avvali "fo" boshiga monand,
"Nun" halkasig‘a va lek payvand.
Yoki:
Gar "lom"ni istasang murattab,
"Nun" birla alifni qil murakkab.
Do'stlaringiz bilan baham: |