ODDIY SOʻZLASHUV LEKSIKASI Oddiy soʻzlashuv nutqiga xos, betakalluf suhbatda ishlatiladigan soʻzlar: valaqlamoq, kallali (aqlli), qittay kabilar.
ODDIY SOʻZLASHUV Voqelikni odatda qoʻpolroq, past xarakteristika bilan ifodalash xususiyatiga ega boʻlgan, adabiy nutq me’yorlaridan chetga chiqadigan soʻz, grammatik shakl va tuzilmalar keng ishlatiladigan nutq turi.
ODDIY TAKROR – q. Takror 2.
OG‘ZAKI NUTQ Tovush (talaffuz) bilan ifodalangan nutq.
OKKAZIONAL MA’NO (lot. Okkasionalis – tasodifiy) – q. Muvaqqat ma’no.
OKKAZIONALIZM Tildagi so‘z yasalish modeli asosida yasalgan va faqat shu nutqiy matnning oʻzida qoʻllangan soʻz, individual-uslubiy neologizm.
Do‘rmonchaga ketdim o‘tub,
Yoqamni har soat tutub,
Yotdim ul oqshom g‘am yutub,
Dashti qaroqchizor ekan. (Muqimiy)
OLD QATOR UNLILARI – ayn. Til oldi unlilari.
OLD QO‘SHIMCHA Soʻz oldiga qoʻshiladigan qoʻshimcha: be-, no- kabi: benuqson, notoʻgʻri, serhosil va boshqa.
OLINMA SOʻZ – ayn. O‘zlashma soʻz.
OLMOSH Barcha mustaqil so‘z, shuningdеk, so‘z birikmasi, gap va matn o‘rnida qo‘llanadigan, ularga ishora qiladigan yoki so‘rog‘ini bildiradigan so‘zlar: men, sen, u, bu, shu, o‘sha, kim, nima, hamma, barcha kabilar.
OMOFONLAR (yun. homoz – bir xil + phone – tovush, ovoz) Talaffuzi bir xil, lekin yozilishi farqli boʻlgan soʻzlar: bod – bot, bob – bop, mard – mart va b.
OMOFORMALAR (yun. homoz – bir xil + log. forma – shakl) Omonim shakllar; ma’lum shakllarda tovush tomondan bir xil boʻluvchi soʻzlar. Bu hodisa odatda turli turkumga oid soʻzlar oʻrtasida voqe boʻla oladi: oldi (old + i) – oldi (ol+ di).
OMOGRAFLAR (yun. homoz – bir xil + grapho – yozaman) Talaffuzi farqli, yozilishi bir xil boʻlgai birdan ortiq soʻzlar: tok (uzum butasi) – tok (elektr quvvati) kabi.
OMOMORFEMALAR (yun. homoz – bir xil + forme – shakl) Ma’nosi boshqa-boshqa, tovush tomoni bir xil boʻlgan birdan ortiq morfema. Masalan, -ma: boʻlishsiz shakl yasovchi qo‘shimcha (uxlama); -ma: ot yasovchi qo‘shimcha (choʻzma, suzma – ovqat nomlari) va -ma: sifat yasovchi qo‘shimcha (yasama: yasama soʻz).
OMONIMIYA Birdan ortiq til birligining talaffuz va yozilishi jihatdan bir xil boʻlishi hodisasi. Omonimiyaning leksik omonimiya (q.); frazeologik omonimiya (q.); grammatik omonimiya (q.) va boshqa turlari bor.
OMONIMLAR (yun. homoz – bir xil + onyma – nom) Talaffuzi va yozilishi bir xil birdan ortiq soʻzlar: bogʻ (turli meva, gul va boshqadan iborat maydon) – bogʻ (bogʻlaydigan narsa), ot (ism) – ot (ish hayvoni) kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |